وَإِن يَتَفَرَّقَا يُغْنِ ٱللَّهُ كُلًّا مِّن سَعَتِهِۦ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ وَٰسِعًا حَكِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ajrashsalar, Alloh O`z fazlidan har birini behojat qilur. Alloh fazli keng va hikmatli Zotdir.Агар ажрашсалар, Аллоҳ Ўз фазлидан ҳар бирини беҳожат қилур. Аллоҳ фазли кенг ва ҳикматли Зотдир.Alauddin Mansour: Bordiyu er-xotin ajralib ketsalar, Alloh ikkalasini ham Oʻzining keng karami bilan behojat qilib qoʻygay. (Yaʼni, har ikkisiga ham avvalgi turmushidan yaxshiroq er yoki xotin nasib etishi mumkin). Alloh fazlu karami keng va hikmat egasi boʻlgan Zotdir.Бордию эр-хотин ажралиб кетсалар, Аллоҳ иккаласини ҳам Ўзининг кенг карами билан беҳожат қилиб қўйгай. (Яъни, ҳар иккисига ҳам аввалги турмушидан яхшироқ эр ёки хотин насиб этиши мумкин). Аллоҳ фазлу карами кенг ва ҳикмат эгаси бўлган Зотдир.
Hamma choralar koʻrildi. Ammo foydasi boʻlmadi. Birga yashashning iloji boʻlmadi. U vaqtda nachora, mayli, ajralishsin. Ehtimol, ikkovlari ham bundan keyin yaxshi bir holatga erisharlar. Alloh taolo ham shundan umidvor qilmoqda:
«Agar ajrashsalar, Alloh Oʻz fazlidan har birini behojat qilur. Alloh fazli keng va hikmatli Zotdir».
Uning fazli keng. Uning fazli hamma bandalariga yetib, yana ortib qoladi.
Yana, U–hikmatli Zot. Ushbu eru xotin masalasida ham nima hikmatlar borligini Oʻzi biladi.
Oilaviy masalalarni, eru xotin orasidagi muomalalarni muolaja qilib boʻlgandan soʻng, mazkur masalalarni muolaja qilayotgan Zot butun dunyoni boshqarib, uning hamma masalalarini ham muolaja qilib turganligini anglatuvchi oyatlar keladi. Demak, dunyodagi kattayu kichik hamma masala ushbu dunyoning yaratuvchisi Allohning xohishiga va koʻrsatmasiga mos boʻlishi shart.