وَلَن تَسْتَطِيعُوٓا۟ أَن تَعْدِلُوا۟ بَيْنَ ٱلنِّسَآءِ وَلَوْ حَرَصْتُمْ ۖ فَلَا تَمِيلُوا۟ كُلَّ ٱلْمَيْلِ فَتَذَرُوهَا كَٱلْمُعَلَّقَةِ ۚ وَإِن تُصْلِحُوا۟ وَتَتَّقُوا۟ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ غَفُورًا رَّحِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar rosa harakat qilsangiz ham, xotinlar o`rtasida adolatli bo`la olmassizlar. Bir yo`la moyil bo`lib ketib, (ba'zisini) muallaqqa o`xshatib qo`ymang. Agar isloh va taqvo qilsangiz, albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.Агар роса ҳаракат қилсангиз ҳам, хотинлар ўртасида адолатли бўла олмассизлар. Бир йўла мойил бўлиб кетиб, (баъзисини) муаллаққа ўхшатиб қўйманг. Агар ислоҳ ва тақво қилсангиз, албатта, Аллоҳ мағфиратли ва раҳимли Зотдир.Alauddin Mansour: Har qancha urinsangizlar ham xotinlaringiz oʻrtasida adolat qilishga qodir boʻlmaysizlar. Bas, butunlay (suygan xotinlaringiz tomonga) ogʻib ketib (koʻngilsiz boʻlib qolgan) xotiningizni muallaqa kabi tashlab qoʻymangiz! Agar oʻzlaringizni oʻnglab Allohdan qoʻrqsangizlar, albatta Alloh magʻfiratli, mehribon boʻlgan Zotdir.Ҳар қанча уринсангизлар ҳам хотинларингиз ўртасида адолат қилишга қодир бўлмайсизлар. Бас, бутунлай (суйган хотинларингиз томонга) оғиб кетиб (кўнгилсиз бўлиб қолган) хотинингизни муаллақа каби ташлаб қўймангиз! Агар ўзларингизни ўнглаб Аллоҳдан қўрқсангизлар, албатта Аллоҳ мағфиратли, меҳрибон бўлган Зотдир.
Ushbu oyati karimada zikr etilayotgan «Xotinlar oʻrtasida adolat» koʻp xotinli erning xotinlariga nisbatan qalbidagi muhabbati borasidadir. Yaʼni, qancha urinsangiz ham, harakat qilib tirishsangiz ham, qalbingizdagi moyillikda hamma xotinlaringizga nisbatan bir xil boʻla olmaysiz, deyilmoqda.
«Agar rosa harakat qilsangiz ham, xotinlar oʻrtasida adolatli boʻla olmassizlar».
Chunki bu narsa , yaʼni ayol kishiga boʻlgan muhabbat reja bilan, oʻlchov bilan boʻladigan narsa emas. Bu borada qalb egasiga quloq solmaydi, uning amriga itoat etmaydi. Har qanday er xotinlari orasida zohiriy ishlarda toʻliq adolat qila oladi, ammo qalbidan boʻladigan muhabbatga kelganda, uzrli.
Imom Ahmad ibn Hanbal va boshqa muhaddislar Abdulloh ibn Zayddan qilgan rivoyatda quyidagilar aytiladi:
«Oisha onamiz hikoya qilishlaricha: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xotinlari orasida taqsimni adolat bilan qilar edilar. Soʻngra: «Ey bor Xudoyo! Bu oʻzim ega boʻlgan narsadagi taqsim. Sen Oʻzing ega boʻlib, men ega boʻlmagan narsada meni malomat qilmagin», der edilar».
Paygʻambarimiz alayhissalomning koʻngil mayllari Oisha onamizga nisbatan alohida boʻlganligi maʼlum va mashhurdir. Islomda koʻp xotinli kishi oʻz irodasiga bogʻliq ishlarda xotinlari oʻrtasida toʻliq adolat qilishga amr qilingan. Uy-joy va nafaqa masalasida, muomala, birga yotish, eru xotinlik huquqlarini ado etish va boshqa shunga oʻxshash masalalarda toʻliq adolat lozim. Ammo inson irodasiga bogʻliq boʻlmagan masala–muhabbat masalasiga kelsak, unda har qancha urinsa ham, adolat boʻlmasligi oyatning oʻzida aytib turilibdi. Lekin, uzrli ekanmiz, deb haddan oshirib yuborish ham mumkin emas:
«Bir yoʻla moyil boʻlib ketib, (baʼzisini) muallaqqa oʻxshatib qoʻymang».
Yaʼni, koʻnglingizda muhabbati oʻrnashgan baʼzi xotiningizga bir yoʻla moyil boʻlib ketib, xotinlaringizning baʼzisini muallaq ayolga oʻxshatib qoʻymang. «Muallaq ayol» deb xotin boʻlib xotin emas, boshi ochiq boʻlib, boshi ochiq emas, arosat bir holda qolgan ayolga aytiladi. Eri safarga ketib, gʻoyib boʻldi. Erim bor, desa, oʻligining ham, tirigining ham xabari yoʻq. Erim yoʻq, desa, bor edi, taloq ham qilmagan edi. Bunday muallaqlik azob, shuning uchun oyati karima erni bu masalada adolatli boʻlishga chorlamoqda. Koʻp xotinli er yaxshi koʻrgan xotini bilan doimo birga boʻlib, boshqasini tark etsa, shariatga hech toʻgʻri kelmaydi.
«Agar isloh va taqvo qilsangiz, albatta, Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir».
Er-xotinlik ishlarida ham doimo islohni koʻzda tutib, taqvo bilan ish yuritish lozim. Inson oʻzining barcha imkoniyatlarini ishga solib, oilasini buzmaslikka, saqlab qolishga harakat qilishi kerak.
Ammo baʼzi vaqtlarda bunday ishlar ham naf bermay qolishi mumkin. Unda: