وَقَدْ نَزَّلَ عَلَيْكُمْ فِى ٱلْكِتَـٰبِ أَنْ إِذَا سَمِعْتُمْ ءَايَـٰتِ ٱللَّهِ يُكْفَرُ بِهَا وَيُسْتَهْزَأُ بِهَا فَلَا تَقْعُدُوا۟ مَعَهُمْ حَتَّىٰ يَخُوضُوا۟ فِى حَدِيثٍ غَيْرِهِۦٓ ۚ إِنَّكُمْ إِذًا مِّثْلُهُمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ جَامِعُ ٱلْمُنَـٰفِقِينَ وَٱلْكَـٰفِرِينَ فِى جَهَنَّمَ جَمِيعًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, sizlarga kitobda: «Allohning oyatlariga kufr keltirilgan va ularni istehzo qilingan chog`da, boshqa gapga o`tmagunlaricha, ular bilan o`tirmanglar», deb tushirdi. Agar o`tirsangiz, siz ham ularga o`xshashsiz. Albatta, Alloh munofiq va kofirlarning hammasini jahannamda jamlovchidir.Батаҳқиқ, сизларга китобда: «Аллоҳнинг оятларига куфр келтирилган ва уларни истеҳзо қилинган чоғда, бошқа гапга ўтмагунларича, улар билан ўтирманглар», деб туширди. Агар ўтирсангиз, сиз ҳам уларга ўхшашсиз. Албатта, Аллоҳ мунофиқ ва кофирларнинг ҳаммасини жаҳаннамда жамловчидир.Alauddin Mansour: Axir Alloh sizlarga Kitobda: «Qachonki Allohning oyatlari inkor qilinayotganini va masxara qilinayotganini eshitsangizlar, to boshqa gapga oʻtmagunlaricha unday kimsalar bilan birga oʻtirmanglar», degan soʻzlarni nozil qilgan edi-ku?! (Modomiki, ular bilan oʻtirgan ekansiz), demak, sizlar ham shak-shubhasiz, ularning oʻzisiz. Albatta, Alloh barcha munofiq va kofirlarni jahannamga jamlaguvchidir.Ахир Аллоҳ сизларга Китобда: «Қачонки Аллоҳнинг оятлари инкор қилинаётганини ва масхара қилинаётганини эшитсангизлар, то бошқа гапга ўтмагунларича ундай кимсалар билан бирга ўтирманглар», деган сўзларни нозил қилган эди-ку?! (Модомики, улар билан ўтирган экансиз), демак, сизлар ҳам шак-шубҳасиз, уларнинг ўзисиз. Албатта, Аллоҳ барча мунофиқ ва кофирларни жаҳаннамга жамлагувчидир.
Alloh taolo kitobda, yaʼni Qurʼoni Karimda moʻminlarga Allohning oyatlari haqida kufr va istehzo gaplar boʻlayotgan majlisda oʻtirmaslikka amr qilgan edi. Bu amr Makkai Mukarramada nozil boʻlgan «Anʼom» surasida kelgan. Chunki, moʻmin kishining bu kabi majlislarda jim oʻtirishi munofiqlikning boshlanishidir. Har bir moʻmin: Alloh, Islom, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam va Qurʼon kabi moʻʼtabar tushunchalar haqida yomon, axloqsiz gap-soʻzlarni eshitgan chogʻida qarshi chiqmoqqa, hattoki toʻgʻrilamoqqa burchlidir. Kimki bunday hollarda jim oʻtirsa, munofiqlik yoʻliga qadam qoʻygan boʻladi. Shuning uchun ham, Alloh taolo Oʻzining oyatlariga kufr keltirilayotgan, ularni istehzo qilinayotgan majlisda oʻtirganlarni munofiqlarga tenglashtirmoqda. Bu esa, juda xatarlidir. Munofiqlik va kofirlik bu dunyoda Islomga, iymonga birgalikda qarshi boʻlganlari uchun ham, u dunyoda:
«Albatta, Alloh munofiq va kofirlarni jahannamda jamlovchidir».
Keyingi oyatda munofiqlarning basharalari ochib tashlanadi: