ٱلَّذِينَ يَتَرَبَّصُونَ بِكُمْ فَإِن كَانَ لَكُمْ فَتْحٌ مِّنَ ٱللَّهِ قَالُوٓا۟ أَلَمْ نَكُن مَّعَكُمْ وَإِن كَانَ لِلْكَـٰفِرِينَ نَصِيبٌ قَالُوٓا۟ أَلَمْ نَسْتَحْوِذْ عَلَيْكُمْ وَنَمْنَعْكُم مِّنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ ۚ فَٱللَّهُ يَحْكُمُ بَيْنَكُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ ۗ وَلَن يَجْعَلَ ٱللَّهُ لِلْكَـٰفِرِينَ عَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ سَبِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular sizlarni kuzatib tururlar. Sizlarga Alloh tomonidan fath bo`lsa: «Sizlar bilan birga emasmidik?!» derlar. Agar kofirlarga nasiba bo`lsa: «Sizlarga ustun kelib, mo`minlardan himoya qilmadikmi?» derlar. Alloh qiyomat kuni ular orasida hukm qilur. Alloh hargiz kofirlarga mo`minlar ustidan yo`l bermas.Улар сизларни кузатиб турурлар. Сизларга Аллоҳ томонидан фатҳ бўлса: «Сизлар билан бирга эмасмидик?!» дерлар. Агар кофирларга насиба бўлса: «Сизларга устун келиб, мўминлардан ҳимоя қилмадикми?» дерлар. Аллоҳ қиёмат куни улар орасида ҳукм қилур. Аллоҳ ҳаргиз кофирларга мўминлар устидан йўл бермас.Alauddin Mansour: Ular (yaʼni, munofiqlar) sizlarga koʻz tikib turadilar. Agar sizlarga Alloh tomonidan fathu zafar boʻlsa: «Biz ham sizlar bilan bir dindamiz-ku», deydilar. Agar gʻalaba kofirlarga nasib boʻlsa: «Biz sizlardan ustun boʻlgan va sizlarni moʻminlardan himoya qilgan emasmidik?», deyishadi. Endi Qiyomat Kunida Alloh oʻrtalaringda hakamlik qilur. Va Alloh hargiz kofirlar uchun moʻminlar ustiga yoʻl bermagay.Улар (яъни, мунофиқлар) сизларга кўз тикиб турадилар. Агар сизларга Аллоҳ томонидан фатҳу зафар бўлса: «Биз ҳам сизлар билан бир диндамиз-ку», дейдилар. Агар ғалаба кофирларга насиб бўлса: «Биз сизлардан устун бўлган ва сизларни мўминлардан ҳимоя қилган эмасмидик?», дейишади. Энди Қиёмат Кунида Аллоҳ ўрталарингда ҳакамлик қилур. Ва Аллоҳ ҳаргиз кофирлар учун мўминлар устига йўл бермагай.
Munofiqlar har doim munofiqligini qiladi. Iymon masalasidaki ikkiyoqlamalik qilgandan keyin, boshqa masalalarda bundan battar boʻladi. Ular doimo iymon va kufr, moʻminlar va kofirlar orasida tarozining pallasi qayoqqa ogʻishini kuzatib turadilar. Bu hol ushbu oyatda ajoyib uslub ila vasf qilinmoqda:
«Ular sizlarni kuzatib tururlar. Sizlarga Alloh tomonidan fath boʻlsa: «sizlar bilan birga emasmidik?!» derlar».
Yaʼni, kofirlar bilan mujodalada sizlarga Alloh tomonidan fath–zafar boʻlsa, munofiqlar darhol: «Sizlar bilan birga emasmidik?!» deydilar. Biz ham musulmon edik-ku, biz ham siz bilan bir dinda edik-ku, deydilar. Chunki, musulmonlar gʻolib keldilar. Munofiq faqat oʻzi yashab turgan onini oʻylaydi. Oʻsha onda gʻalaba kim tomonda boʻlsa, oʻsha tomonga oʻtadi. Shuning uchun ham:
«Agar kofirlarga nasiba boʻlsa: «Sizlarga ustun kelib, moʻminlardan himoya qilmadikmi?» derlar».
Yaʼni, moʻminlar bilan kofirlar orasidagi urushda zafar kofirlarga nasib qilsa, munofiqlar shu zahoti ular tomonga oʻtadilar. Kofirlarga oʻzlarini yaqin koʻrsatish uchun bor imkonlarini ishga soladilar. «Moʻminlarga qoʻshilib sizlardan ustun kelib turgan edik. Ammo biz ularning ichini buzib, sizlarni moʻminlardan himoya qildik. Oqibatda, gʻalaba sizlarga nasib etdi. Bunda bizning ulushimiz katta», degan maʼnodagi gaplarni aytadilar. Ular oʻzlaricha bu ishlari bilan faxrlanadilar. Ustalik, uddaburolik qilganlari oqibatida muvaffaqiyatga erishganliklarini taʼkidlaydilar. Mayli, oʻzlaricha maqtanib yuraversinlar.
«Alloh qiyomat kuni ular orasida hukm qilur».
U kunda hiyla-nayrang va ustomonlik oʻtmaydi. Poylab turib, tarozining pallasiga qarab ogʻishlar boʻlmaydi. U kunda odamlar koʻnglida nimalar kechganini ham biluvchi odili mutlaq Hokimning yolgʻiz Oʻzi hukm qiladi. Hamma bilib qoʻysinki:
«Alloh hargiz kofirlarga moʻminlar ustidan yoʻl bermas».
Munofiqlarning vasfi kelasi oyati karimada ham davom etadi: