وَرَفَعْنَا فَوْقَهُمُ ٱلطُّورَ بِمِيثَـٰقِهِمْ وَقُلْنَا لَهُمُ ٱدْخُلُوا۟ ٱلْبَابَ سُجَّدًا وَقُلْنَا لَهُمْ لَا تَعْدُوا۟ فِى ٱلسَّبْتِ وَأَخَذْنَا مِنْهُم مِّيثَـٰقًا غَلِيظًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ahdnomalariga muvofiq, ustilariga Turni ko`tardik va ularga: «Eshikdan egilib kiringlar» hamda «Shanba kuni haddingizdan oshmang», dedik. Va ulardan mustahkam ahdnoma oldik.Ва аҳдномаларига мувофиқ, устиларига Турни кўтардик ва уларга: «Эшикдан эгилиб киринглар» ҳамда «Шанба куни ҳаддингиздан ошманг», дедик. Ва улардан мустаҳкам аҳднома олдик.Alauddin Mansour: Ahdlarini (olishdan bosh tortganlarida, qoʻrqqan hollarida kuch bilan) olishlari uchun ustlariga Tur togʻini koʻtardik va ularga: «Bu darvozadan sajda qilgan holingizda kiringiz», dedik. Yana ularga: «Shanba kunlari (baliq ovlash bilan) haddingizdan oshmang», dedik hamda ulardan qattiq ahd-paymon oldik.Аҳдларини (олишдан бош тортганларида, қўрққан ҳолларида куч билан) олишлари учун устларига Тур тоғини кўтардик ва уларга: «Бу дарвозадан сажда қилган ҳолингизда кирингиз», дедик. Яна уларга: «Шанба кунлари (балиқ овлаш билан) ҳаддингиздан ошманг», дедик ҳамда улардан қаттиқ аҳд-паймон олдик.
Yahudiylar Muso alayhissalomga Alloh tomonidan berilgan sultonga–shariatga yurmadilar. Ular Allohga, shariatga yurmaganlari holda, nima qilsang rozimiz, deb ahd bergan edilar. Xuddi oʻsha ahdnomalariga muvofiq, Alloh taolo ularni qoʻrqitish uchun tepalariga Tur togʻini olib kelib qoʻydi.
«Va ahdnomalariga muvofiq, ustilariga Turni koʻtardik...»
Yahudiylar nochor holda qoldilar. Agar tavba qilmasalar, Allohning aytganiga kirmasalar, ustilaridagi togʻ ularni bosib tushishi aniq edi. Shunday holda turganlarida:
«...va ularga: «Eshikdan egilib kiringlar» hamda «Shanba kuni haddingizdan oshmang», dedik».
Yaʼni, Alloh taolo ularga Baytul Maqdisning eshigidan tavozuʼ bilan, egilib kirishni va shanba kuni haddan oshmaslikni–dam olishni, baliq ovlamaslikni amr qildi. Hamda bu borada ularning mustahkam vaʼdalarini oldi:
«Va ulardan mustahkam ahdnoma oldik».
Ammo yahudiylar yana yahudiyliklarini qildilar. Oʻzlarini xavfdan xoli sezishlari bilan darhol ahdnomani buzdilar. Baytul Maqdisga tavozuʼ bilan egilib emas, ketlari bilan surilib kirdilar va shanba kuni baliq ovlashga hiyla oʻylab chiqardilar. Bas, ushbu qilgan gunohlari va boshqa (kelasi oyatlarda zikr qilinadigan) ayblari uchun Alloh taolo ularni laʼnatladi.