يَسْـَٔلُكَ أَهْلُ ٱلْكِتَـٰبِ أَن تُنَزِّلَ عَلَيْهِمْ كِتَـٰبًا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ ۚ فَقَدْ سَأَلُوا۟ مُوسَىٰٓ أَكْبَرَ مِن ذَٰلِكَ فَقَالُوٓا۟ أَرِنَا ٱللَّهَ جَهْرَةً فَأَخَذَتْهُمُ ٱلصَّـٰعِقَةُ بِظُلْمِهِمْ ۚ ثُمَّ ٱتَّخَذُوا۟ ٱلْعِجْلَ مِنۢ بَعْدِ مَا جَآءَتْهُمُ ٱلْبَيِّنَـٰتُ فَعَفَوْنَا عَن ذَٰلِكَ ۚ وَءَاتَيْنَا مُوسَىٰ سُلْطَـٰنًا مُّبِينًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ahli kitoblar sendan ularga osmondan kitob tushirib berishingni so`rarlar. Musodan bundan ham katta narsani so`raganlar — «Bizga Allohni oshkora ko`rsat», deganlar. Bas, zulmlari tufayli ularni chaqmoq urdi. So`ngra, ularga ochiq-oydin bayonotlar kelganidan keyin buzoqni (xudo qilib) oldilar. Bas, Biz buni ham afv qildik va Musoga ochiq-oydin sulton berdik.Аҳли китоблар сендан уларга осмондан китоб тушириб беришингни сўрарлар. Мусодан бундан ҳам катта нарсани сўраганлар — «Бизга Аллоҳни ошкора кўрсат», деганлар. Бас, зулмлари туфайли уларни чақмоқ урди. Сўнгра, уларга очиқ-ойдин баёнотлар келганидан кейин бузоқни (худо қилиб) олдилар. Бас, Биз буни ҳам афв қилдик ва Мусога очиқ-ойдин султон бердик.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ahli kitob sizdan koʻkdan bir Kitob tushirishingizni soʻraydi. Musodan bundan ham kattaroq narsani soʻragan edilar: «Bizga Allohni ochiq koʻrsat», deyishgan edi. Shunda zolimliklari sababli ularni chaqmoq urgan edi. Soʻngra ularga aniq-ravshan hujjatlar kelganidan keyin buzoqni xudo qilib olishdi. Buni ham afv etdik va Musoga ochiq hujjat ato etdik.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), аҳли китоб сиздан кўкдан бир Китоб туширишингизни сўрайди. Мусодан бундан ҳам каттароқ нарсани сўраган эдилар: «Бизга Аллоҳни очиқ кўрсат», дейишган эди. Шунда золимликлари сабабли уларни чақмоқ урган эди. Сўнгра уларга аниқ-равшан ҳужжатлар келганидан кейин бузоқни худо қилиб олишди. Буни ҳам афв этдик ва Мусога очиқ ҳужжат ато этдик.
Yahudiylar Paygʻambarlarga nisbatan dushmanliklari, beodobliklari bilan mashhurdirlar. Ular baʼzi Paygʻambarlarni oʻldirgan boʻlsalar, boshqalariga boʻhton va tuhmatlar qilganlar. Oʻsha eski gumrohliklarini Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomga ham qilganlar. Ushbu oyati karimada olamlarning sarvari Muhammad alayhissalomga nisbatan ularning birgina qilmishlari esga olinmoqda:
«Ahli kitoblar sendan ularga osmondan kitob tushirib berishingni soʻrarlar».
Holbuki, oʻsha paytda Paygʻambarimiz alayhissalomga osmondan Qurʼoni Karim oyatlari tushib turgan edi. Ammo, ahli kitob boʻlmish yahudiylar u kishidan yozilgan va jildlangan kitob tushirib berishni soʻradilar.
Ibn Jurayj roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, oʻsha kitobda falonchiga, pistonchiga, deb yozilgan boʻlib, «Haqiqatan ham, Muhammadni sizga Paygʻambar qilib yubordik», degan gap ham boʻlishi kerak ekan. Bu esa, sarkashlik, kufr va masxaradan boshqa narsa emas edi. Ammo, yahudiylarning bu qiliqlaridan ajablanmaslik kerak. Ularning tarixiga nazar solinsa, bundan battar ishlarni ham qilganliklariga guvoh boʻlamiz. Ular oʻzlariga Alloh tomonidan Paygʻambar qilib yuborilgan
«Musodan bundan ham katta narsani soʻraganlar–«Bizga Allohni oshkora koʻrsat», deganlar».
Demak, yahudiylar tarix davomida Paygʻambarlarga nisbatan doimo beodob boʻlganlar. Kufr va sarkashlik ila ulardan turli narsalarni, odatda, moddiy-ashyoviy narsalarni talab qilganlar. Muso alayhissalomning Paygʻambarliklariga dalil sifatida yetarlidan ham ortiqroq moʻʼjizalari boʻlishiga qaramay, u kishidan yana ham moddiyroq va his qiladiganroq dalilni–Allohni oshkora koʻrsatishni talab qilganlar. Bunday talab yahudiylarning oʻtaketgan moddaparast ekanligidan darak beradi. Alloh taolo ularni qilmishlariga yarasha jazoladi.
«Bas, zulmlari tufayli ularni chaqmoq urdi».
Yaʼni, haddilaridan oshganliklari, tugʻyonga ketganliklari, sarkashlik qilganliklari uchun Allohning azobiga duchor boʻldilar. Ularni chaqmoq urdi. Alloh ularni afv qildi va hidoyatga solish uchun turli bayonotlar va belgilar berdi. Misrda Muso alayhissalom ularga turli moʻʼjizalarni koʻrsatdilar. Alloh ularni qutqarib, dushmanlarini dengizga gʻarq qildi. Ammo yahudiylar baribir oʻnglanmadilar.
«Soʻngra, ularga ochiq-oydin bayonotlar kelganidan keyin, buzoqni xudo qilib oldilar».
Bu achinarli va gumrohona ish Muso alayhissalom Alloh taolo bilan roz aytishgani, munojot qilgani ketganlarida boʻldi. Misrdan qochib chiqayotib, hiyla yoʻli bilan misrlik ayollardan olgan tillalardan Samuriy ismli biri ularga oltin buzoq shaklini quyib berdi. Yahudiylar esa, oʻsha oltin buzoq haykalini oʻzlariga xudo qilib oldilar va unga ibodat qildilar. Ammo, Alloh taolo ularga yana mehr koʻrsatdi:
«Bas, Biz buni ham afv qildik va Musoga ochiq-oydin sulton berdik».
Alloh Muso alayhissalomga bergan sulton–shariatdir. Allohning shariati–sultondir.
Ammo, yahudiylar doimo yahudiyliklariga boradilar. Ularga qahr va gʻazab koʻrsatilmaguncha, foyda chiqmaydi. Shuning uchun ham, Alloh taolo ularga mana bunday muomala qildi: