وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرُسُلِهِۦ وَلَمْ يُفَرِّقُوا۟ بَيْنَ أَحَدٍ مِّنْهُمْ أُو۟لَـٰٓئِكَ سَوْفَ يُؤْتِيهِمْ أُجُورَهُمْ ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohga va Uning Payg`ambarlariga iymon keltirganlarga va ularning birortasini ham ayirmaganlarga — ana o`shalarga ajrlarini albatta berurmiz. Va Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.Аллоҳга ва Унинг Пайғамбарларига иймон келтирганларга ва уларнинг бирортасини ҳам айирмаганларга — ана ўшаларга ажрларини албатта берурмиз. Ва Аллоҳ мағфиратли ва раҳимли Зотдир.Alauddin Mansour: Alloh va Uning paygʻambarlariga iymon keltirgan hamda ulardan birontasini ajratib qoʻymagan zotlarga esa yaqinda (Alloh munosib) mukofotlarini ato etajak. Alloh magʻfiratli, mehribon boʻlgan Zotdir.Аллоҳ ва Унинг пайғамбарларига иймон келтирган ҳамда улардан биронтасини ажратиб қўймаган зотларга эса яқинда (Аллоҳ муносиб) мукофотларини ато этажак. Аллоҳ мағфиратли, меҳрибон бўлган Зотдир.
Bu oyati karimada vasf etilayotgan saodatmand kishilar–musulmonlardir. Ular Allohga va Uning Paygʻambarlariga birdek iymon keltiradilar. Ulardan birortasini ayirib qoʻymaydilar.
«Allohga va Uning Paygʻambarlariga iymon keltirganlarga va ularning birortasini ham ayirmaganlarga–ana oʻshalarga ajrlarini albatta berurmiz».
Islom dinida birorta Paygʻambarni inkor qilgan insonda musulmonlik qolmasligi haqida hukm bor. Shuningdek, hamma samoviy dinlarga ishonish va ularni hurmatlash, samoviy kitoblarga ishonish va ularni ehtirom qilish musulmon uchun iymonning ajralmas qismidir. Shuning uchun ham, Alloh ularga ajrlarini albatta berishni vaʼda qilmoqda.
«Va Alloh magʻfiratli va rahimli Zotdir».
U zot Oʻziga va Paygʻambarlariga iymon keltirganlarni magʻfirat qiladi va oxiratda ularni oʻz rahmati ila jannatga kiritadi.
Islom tasavvuri boʻyicha, Paygʻambarlarga iymon va kufr qanday boʻlishi bayon qilib boʻlingandan soʻng, kelgusi oyatlarda bu masalada yahudiylar oʻzlarini qanday tutishlarining bayoni keladi: