QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят151

أُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْكَـٰفِرُونَ حَقًّا ۚ وَأَعْتَدْنَا لِلْكَـٰفِرِينَ عَذَابًا مُّهِينًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`shalar, haqiqiy kofirlardir. Va kofirlarga xorlovchi azobni tayyorlab qo`yganmiz.Ана ўшалар, ҳақиқий кофирлардир. Ва кофирларга хорловчи азобни тайёрлаб қўйганмиз.Alauddin Mansour: Ana oʻshalar haqiqiy kofirdirlar. Bunday, kofirlar uchun xor qilguvchi azobni tayyorlab qoʻyganmiz.Ана ўшалар ҳақиқий кофирдирлар. Бундай, кофирлар учун хор қилгувчи азобни тайёрлаб қўйганмиз.

102-sahifa · 6-juz · 11-hizb102-саҳифа · 6-жуз · 11-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларهُمُularуларٱلْكَـٰفِرُونَkofirlardirкофирлардирحَقًّۭا ۚhaqiqiyҳақиқийوَأَعْتَدْنَاva tayyorlab qoʻydikва тайёрлаб қўйдикلِلْكَـٰفِرِينَkofirlargaкофирларгаعَذَابًۭاazobniазобниمُّهِينًۭاxorlovchiхорловчи
TafsirТафсир

Ushbu ikki oyati karimada vasfi kelgan kofirlar–nasoro va yahudiylardir. Bu ikki dindagi kishilar juda ham koʻp yomon soʻzlar aytganlar. Ularning mayda-chuyda gaplarini eslatib oʻtishning hojati yoʻq. Alloh va Paygʻambarlar haqida tarqatgan yomon gaplarini eslashning oʻzi kifoya.

«Albatta, Allohga va Uning Paygʻambarlariga kufr keltiradiganlar...»

Bu borada ham hammasini emas, Paygʻambarlar orasida ayrimchilik qilishlarining oʻziniyoq misol qilib olsa boʻladi.

«...va Alloh ila Paygʻambarlari orasida ayrimchilikni iroda qiladiganlar hamda baʼzilariga iymon va baʼzilariga kufr keltiramiz, deb ana oʻshanday ora yoʻlni tutishni xohlaydiganlar...»

Ular, Paygʻambarlarning baʼzilariga iymon keltiramiz, baʼzilariga kufr keltiramiz, deydilar. Yahudiylar, hamma Paygʻambarlarga iymon keltiramiz-u, ammo Iyso bilan Muhammadga kufr keltiramiz, deydilar. Nasorolar esa, hamma Paygʻambarlarga iymon keltiramiz-u, ammo Muhammadga kufr keltiramiz, deydilar.

Holbuki, iymon boʻlinmas haqiqatdir. Baʼzisini olib, baʼzisini itqitilmaydi. Bunday ora yoʻlni tutganlar kofir hisoblanadilar. Kofir boʻlganda ham:

«Ana oʻshalar, haqiqiy kofirlardir».

Albatta, ularning bu qilmishlari eʼtiborsiz qoldirilmaydi.

Alloh taolo bu haqda:

«Va kofirlarga xorlovchi azobni tayyorlab qoʻyganmiz», deydi.

Keyingi oyatda mazkur kofirlarning ziddi boʻlmish musulmonlar qavmining vasfi keladi: