إِنَّ ٱلَّذِينَ يَكْفُرُونَ بِٱللَّهِ وَرُسُلِهِۦ وَيُرِيدُونَ أَن يُفَرِّقُوا۟ بَيْنَ ٱللَّهِ وَرُسُلِهِۦ وَيَقُولُونَ نُؤْمِنُ بِبَعْضٍ وَنَكْفُرُ بِبَعْضٍ وَيُرِيدُونَ أَن يَتَّخِذُوا۟ بَيْنَ ذَٰلِكَ سَبِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Allohga va Uning Payg`ambarlariga kufr keltiradiganlar va Alloh ila Payg`ambarlari orasida ayrimchilikni iroda qiladiganlar hamda ba'zilariga iymon va ba'zilariga kufr keltiramiz, deb ana o`shanday ora yo`lni tutishni xohlaydiganlar.Албатта, Аллоҳга ва Унинг Пайғамбарларига куфр келтирадиганлар ва Аллоҳ ила Пайғамбарлари орасида айримчиликни ирода қиладиганлар ҳамда баъзиларига иймон ва баъзиларига куфр келтирамиз, деб ана ўшандай ора йўлни тутишни хоҳлайдиганлар.Alauddin Mansour: Albatta, Alloh va paygʻambariga ishonmaydigan, Alloh bilan paygʻambarlarining oralarini ajratishni istaydigan (yaʼni, Allohga ishonib, paygʻambarlarini inkor qiladigan) va «ayrim paygʻambarlarga ishonamiz, ayrimlariga ishonmaymiz», deydigan hamda ora yoʻlni tutishni istaydigan kimsalar —Албатта, Аллоҳ ва пайғамбарига ишонмайдиган, Аллоҳ билан пайғамбарларининг ораларини ажратишни истайдиган (яъни, Аллоҳга ишониб, пайғамбарларини инкор қиладиган) ва «айрим пайғамбарларга ишонамиз, айримларига ишонмаймиз», дейдиган ҳамда ора йўлни тутишни истайдиган кимсалар —
Ushbu ikki oyati karimada vasfi kelgan kofirlar–nasoro va yahudiylardir. Bu ikki dindagi kishilar juda ham koʻp yomon soʻzlar aytganlar. Ularning mayda-chuyda gaplarini eslatib oʻtishning hojati yoʻq. Alloh va Paygʻambarlar haqida tarqatgan yomon gaplarini eslashning oʻzi kifoya.
«Albatta, Allohga va Uning Paygʻambarlariga kufr keltiradiganlar...»
Bu borada ham hammasini emas, Paygʻambarlar orasida ayrimchilik qilishlarining oʻziniyoq misol qilib olsa boʻladi.
«...va Alloh ila Paygʻambarlari orasida ayrimchilikni iroda qiladiganlar hamda baʼzilariga iymon va baʼzilariga kufr keltiramiz, deb ana oʻshanday ora yoʻlni tutishni xohlaydiganlar...»
Ular, Paygʻambarlarning baʼzilariga iymon keltiramiz, baʼzilariga kufr keltiramiz, deydilar. Yahudiylar, hamma Paygʻambarlarga iymon keltiramiz-u, ammo Iyso bilan Muhammadga kufr keltiramiz, deydilar. Nasorolar esa, hamma Paygʻambarlarga iymon keltiramiz-u, ammo Muhammadga kufr keltiramiz, deydilar.
Holbuki, iymon boʻlinmas haqiqatdir. Baʼzisini olib, baʼzisini itqitilmaydi. Bunday ora yoʻlni tutganlar kofir hisoblanadilar. Kofir boʻlganda ham:
«Ana oʻshalar, haqiqiy kofirlardir».
Albatta, ularning bu qilmishlari eʼtiborsiz qoldirilmaydi.
Alloh taolo bu haqda:
«Va kofirlarga xorlovchi azobni tayyorlab qoʻyganmiz», deydi.
Keyingi oyatda mazkur kofirlarning ziddi boʻlmish musulmonlar qavmining vasfi keladi: