QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят149

إِن تُبْدُوا۟ خَيْرًا أَوْ تُخْفُوهُ أَوْ تَعْفُوا۟ عَن سُوٓءٍ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَفُوًّا قَدِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar yaxshilikni oshkora yoki maxfiy qilsangiz yoki yomonlikni afv etsangiz, albatta, Alloh afvli va qodir Zotdir.Агар яхшиликни ошкора ёки махфий қилсангиз ёки ёмонликни афв этсангиз, албатта, Аллоҳ афвли ва қодир Зотдир.Alauddin Mansour: (Ey moʻminlar), xoh oshkora, xoh yashirincha biron yaxshilik qilsangiz yoki biron yomonlikni afv qilib yuborsangiz (Alloh suygan bandalardan boʻlursiz). Zero, Alloh qudrat egasi boʻlgani holda afv qilguvchi boʻlgan Zotdir.(Эй мўминлар), хоҳ ошкора, хоҳ яширинча бирон яхшилик қилсангиз ёки бирон ёмонликни афв қилиб юборсангиз (Аллоҳ суйган бандалардан бўлурсиз). Зеро, Аллоҳ қудрат эгаси бўлгани ҳолда афв қилгувчи бўлган Зотдир.

102-sahifa · 6-juz · 11-hizb102-саҳифа · 6-жуз · 11-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنagarагарتُبْدُوا۟oshkor qilsangizошкор қилсангизخَيْرًاyaxshilikniяхшиликниأَوْyokiёкиتُخْفُوهُuni maxfiy qilsangizуни махфий қилсангизأَوْyokiёкиتَعْفُوا۟afv etsangizафв этсангизعَن-dan-данسُوٓءٍۢyomonlikёмонликفَإِنَّbas, albattaбас, албаттаٱللَّهَAllohАллоҳكَانَerurэрурعَفُوًّۭاafvliафвлиقَدِيرًاqodirқодир
TafsirТафсир

Moʻmin kishi yomonlik qilishi, hatto yomon soʻzlarni tarqatishi aslo mumkin emas. Shu bilan birga, yaxshilikni oshkora va maxfiy qilishi va yomonlikni afv etishi margʻub ishdir. Musulmon odam doimo yaxshilik qilishi lozim, yomonlikni esa, afv etadi. Ana shundagina, jamiyatda yaxshilik hukm suradi. Kishilarning yomonliklarini afv etish ham yaxshi ish. Afv tufayli jamiyatda yomonlik yoʻqolib, yaxshilik koʻpayadi. Uqubat yetkazishga qodir boʻlib turib, afv etish naqadar oliyjanob ish ekanligini oyatning oxirgi jumlasidan ham bilib olsak boʻladi:

«Albatta, Alloh afvli va qodir Zotdir».

Endi keladigan oyatlarda, oʻrnak boʻlishi uchun, oʻtgan ummatlardan yomon gapni oshkor qilganlari haqida soʻz ketadi: