QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят148

۞ لَّا يُحِبُّ ٱللَّهُ ٱلْجَهْرَ بِٱلسُّوٓءِ مِنَ ٱلْقَوْلِ إِلَّا مَن ظُلِمَ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ سَمِيعًا عَلِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh yomon gapni oshkor qilishni xush ko`rmas. Magar mazlumdan bo`lsa, mayli. Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir.Аллоҳ ёмон гапни ошкор қилишни хуш кўрмас. Магар мазлумдан бўлса, майли. Аллоҳ эшитувчи ва билувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Alloh yomon soʻzlarning (yaʼni, duoibadning) oshkora aytilishini suymaydi. Magar mazlum tomonidan boʻlsa (joizdir). Alloh eshitguvchi, bilguvchi boʻlgan Zotdir.Аллоҳ ёмон сўзларнинг (яъни, дуоибаднинг) ошкора айтилишини суймайди. Магар мазлум томонидан бўлса (жоиздир). Аллоҳ эшитгувчи, билгувчи бўлган Зотдир.

102-sahifa · 6-juz · 11-hizb102-саҳифа · 6-жуз · 11-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ لَّاemasэмасيُحِبُّxush koʻradiхуш кўрадиٱللَّهُAllohАллоҳٱلْجَهْرَoshkor qilishniошкор қилишниبِٱلسُّوٓءِyomonniёмонниمِنَ-dan-данٱلْقَوْلِgapгапإِلَّاmagarмагарمَنkimкимظُلِمَ ۚmazlum boʻlsaмазлум бўлсаوَكَانَva erurва эрурٱللَّهُAllohАллоҳسَمِيعًاeshituvchiэшитувчиعَلِيمًاbiluvchiбилувчи
TafsirТафсир

Qalbida taqvosi, vijdonida hassoslik boʻlmagan odam har qanday yomon soʻzni osongina oshkora qiladi, atrofga yoyadi. Yomon soʻzning tarqalishi kishilarni va jamiyatlarni razolat botqogʻiga botiruvchi holdir. Yomon gap-soʻzlarning tarqalishi kishilar oʻrtasidagi oʻzaro ishonchni yoʻqotadi. Jamiyatda yomonlik gʻolib boʻlgandek qilib koʻrsatadi. Odamlar qalbida ishonchsizlik va umidsizlik ruhini tarqatadi. Yomon gapni oshkor qilish ikki odamning bir- birini soʻkishidan, yomonlashidan va gʻiybat-boʻhton qilishidan boshlanadi. Soʻngra, asta-sekin kattalashib, jamiyatni halokat jari yoqasiga olib keladi. Shuning uchun ham, Islom jamiyatida yomon soʻzni oshkor qilish qatʼiyan taʼqiqlanadi.

«Alloh yomon gapni oshkor qilishni xush koʻrmas».

Faqat bir toifaga–mazlumga ruxsat. Shunda ham, mazlum inson oʻz ustidagi zulmni koʻtarishi uchungina izn beriladi.

«Magar mazlumdan boʻlsa, mayli».

Chunki, Islom jamiyatida har qanday zulm mutlaq qoralanadi. Zolimga qarshi turishda mazlumning yoni olinadi. Jumladan, zolimning zulmidan jamiyatni xabardor etish uchun mazlumgina yomon gapni oshkor qilishi mumkin. Islom dinida kishilar haqida yomon gap-soʻz tarqatmaslikka katta eʼtibor beriladi. Odamlarning obroʻyi doimo himoya qilinadi. Ammo, musulmonlarga zulm qilgan odam bu himoyaga sazovor boʻla olmaydi.

Avvalgi musulmonlar jamiyatda yomon gapni oshkor qilmaslikka qanchalik eʼtibor berganlarini tushuntirish uchun bir rivoyat keltiraylik.

Mujohid rahmatullohi alayhining taʼriflashlaricha, yomon soʻzni oshkor qilish–«Bir odam mehmonga borsa-yu, mezbon uni yaxshi ziyofat qilmasa, u yerdan chiqib, falonchi mening hurmatimni joyiga qoʻymadi, yaxshi ziyofat qilmadi, deb gapirishdir».

Musulmonlar mazkur taʼlimotlarga amal qilganlaridan dunyodagi xalqlar ichida shaxsiy va ijtimoiy axloqlarda oliy maqomlarga erishdilar. Hamma xalqlardan oʻtib ketdilar.