مَّا يَفْعَلُ ٱللَّهُ بِعَذَابِكُمْ إِن شَكَرْتُمْ وَءَامَنتُمْ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ شَاكِرًا عَلِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar shukr qilsangiz va iymon keltirsangiz, Alloh sizni azoblab nima qiladir?! Alloh Shakur(oz amal uchun ko`p savob beruvchi) va biluvchi Zotdir.Агар шукр қилсангиз ва иймон келтирсангиз, Аллоҳ сизни азоблаб нима қиладир?! Аллоҳ Шакур(оз амал учун кўп савоб берувчи) ва билувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Agar shukr qilib, iymonli boʻlsangizlar, Alloh sizlarni nega azoblasin?! Axir Alloh (bandalarining toat-ibodatlariga savob ato etish bilan) shukr qilguvchi va bilguvchi boʻlgan Zot-ku?!Агар шукр қилиб, иймонли бўлсангизлар, Аллоҳ сизларни нега азобласин?! Ахир Аллоҳ (бандаларининг тоат-ибодатларига савоб ато этиш билан) шукр қилгувчи ва билгувчи бўлган Зот-ку?!
Alloh taolo noshukr va kofir bandalarni nima uchun azoblaydi? Ularni azoblashdan bir foyda topadimi? Yoki ularni azoblashdan lazzat oladimi? Albatta, Alloh noshukr va iymonsizlarni azoblashdan hech foyda topmaydi va ularni azoblashdan lazzat ham olmaydi.
«Agar shukr qilsangiz va iymon keltirsangiz, Alloh sizni azoblab nima qiladir?!»
Bu azobning asosiy sababi, bandaning shukr qilmagani va iymon keltirmaganidir. Noshukr va iymonsiz kimsa bu dunyoda azoblansa, qilgan xatosi evaziga, toʻgʻri yoʻlga qaytsin, deb qilinadi. Uni oxiratda azoblash esa, noshukrligi va kofirligining jazosidir. Aslida,
«Alloh shukr qiluvchi va biluvchi Zotdir».
Yaʼni, shukr qilgan bandalaridan rozi boʻladi va ularga ulugʻ ajrlarni beradi.
Kelgusi oyatlarda yangi islomiy jamiyatning–ilohiy dastur asosida yashaydigan jamiyatning tarbiyasi davom etadi. Kishilarning qalblarini va jamiyatni turli nopokliklardan tozalashga alohida eʼtibor beriladi: