إِلَّا ٱلَّذِينَ تَابُوا۟ وَأَصْلَحُوا۟ وَٱعْتَصَمُوا۟ بِٱللَّهِ وَأَخْلَصُوا۟ دِينَهُمْ لِلَّهِ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ مَعَ ٱلْمُؤْمِنِينَ ۖ وَسَوْفَ يُؤْتِ ٱللَّهُ ٱلْمُؤْمِنِينَ أَجْرًا عَظِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Magar tavba qilib, solih amallar qilgan, Allohni mahkam ushlagan va Alloh uchun dinga ixlos qo`yganlar — ana o`shalar mo`minlar ila birgadirlar. Alloh, albatta, mo`minlarga ulug` ajr berur.Магар тавба қилиб, солиҳ амаллар қилган, Аллоҳни маҳкам ушлаган ва Аллоҳ учун динга ихлос қўйганлар — ана ўшалар мўминлар ила биргадирлар. Аллоҳ, албатта, мўминларга улуғ ажр берур.Alauddin Mansour: Magar tavba qilib oʻzlarini oʻnglagan va Allohga bogʻlanib, dinlarini Alloh uchun xolis qilgan zotlar — ana oʻshalargina moʻminlar bilan birga boʻlurlar. Yaqinda Alloh moʻminlarga ulugʻ ajr ato etajak!Магар тавба қилиб ўзларини ўнглаган ва Аллоҳга боғланиб, динларини Аллоҳ учун холис қилган зотлар — ана ўшаларгина мўминлар билан бирга бўлурлар. Яқинда Аллоҳ мўминларга улуғ ажр ато этажак!
Eʼtibor berilsa, boshqa holatlarda «tavba qilib, solih amallar qilganlar» deyish bilan kifoyalanilar edi. Yaʼni, boshqa barcha gunohkorlarning magʻfirat qilinishlariga ushbu ikki narsa–tavba va amali solih kifoya deyilardi. Ammo munofiqlar bilan boʻlgan muomalada bu ikki muhim shart bilan birga «Allohni mahkam ushlash va Alloh uchun dinga ixlos qoʻyish»ni ham shart qilib qoʻyilmoqda.
«Magar tavba qilib, solih amallar qilgan, Allohni mahkam ushlagan va Alloh uchun dinga ixlos qoʻyganlar–ana oʻshalar moʻminlar ila birgadirlar».
Chunki, munofiqlar, avval aytilganidek, kofirlardan ham yomondirlar. Ularning nafslari shunchalik buzuqki, shu qadar tuturiqsizki, hammaga kifoya boʻlgan tavba va amali solih bularga kifoya qilmaydi. Bularning tuzalishi uchun boshqalarga qaraganda ikki hissa koʻproq iloj kerak: Allohni, uning amrini, kitobini mahkam tutish va dinga Alloh uchun ixlos qoʻyish ham shartdir. Ana shu shartlarning barchasiga rioya etganlaridagina munofiqlar orasidan tavba qilganlari moʻminlar bilan birga boʻla oladilar, moʻminlar safiga qoʻshiladilar.
Imom Ibn Abi Hotim Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alayhissalom: «Diningga ixlos qilgin, senga ozgina amal ham kifoya qilur», deganlar.
Oyat oxirida moʻminlikning fazilati eslatilmoqda:
«Alloh, albatta, moʻminlarga ulugʻ ajr berur».