QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят145

إِنَّ ٱلْمُنَـٰفِقِينَ فِى ٱلدَّرْكِ ٱلْأَسْفَلِ مِنَ ٱلنَّارِ وَلَن تَجِدَ لَهُمْ نَصِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, munofiqlar do`zaxning eng ostki qavatidadirlar va hargiz ularga bir yordamchini topa olmassan.Албатта, мунофиқлар дўзахнинг энг остки қаватидадирлар ва ҳаргиз уларга бир ёрдамчини топа олмассан.Alauddin Mansour: Albatta, munofiqlar doʻzaxning eng tuban joyida boʻlurlar. Va ular uchun biron madadkor topa olmaysiz!Албатта, мунофиқлар дўзахнинг энг тубан жойида бўлурлар. Ва улар учун бирон мададкор топа олмайсиз!

101-sahifa · 5-juz · 10-hizb101-саҳифа · 5-жуз · 10-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلْمُنَـٰفِقِينَmunofiqlarмунофиқларفِى-da-даٱلدَّرْكِqavatdaқаватдаٱلْأَسْفَلِeng ostkiэнг осткиمِنَ-dan-данٱلنَّارِdoʻzaxдўзахوَلَنva hargiz emasва ҳаргиз эмасتَجِدَtopasanтопасанلَهُمْulargaуларгаنَصِيرًاbiror yordamchiбирор ёрдамчи
TafsirТафсир

Islom dini uchun munofiqlar kofirlardan ham zararli va xavflidirlar. Shuning uchun, oxiratda ham ular kofirlardan-da koʻra qattiqroq azobga duchor boʻladilar. Doʻzaxning eng qaʼriga–eng ostki qavatiga tashlanadilar. Bu joyni oyatda «ad-Darkul asfal» deyilgan.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda: «ad-Darkul asfal» bir eshikli uylar boʻlib, unga munofiqlarni kiritib, ustilaridan eshiklarini qulflab qoʻyib, ostidan ham, ustidan ham olov yoqiladi, deyilgan. Munofiqlar ana shunday qattiq azobga duchor qilinadilar:

«...va hargiz ularga bir yordamchini topa olmassan».

Qaysilari bu holdan qutulishi mumkinligi kelasi oyatda bayon qilinadi: