يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَتَّخِذُوا۟ ٱلْكَـٰفِرِينَ أَوْلِيَآءَ مِن دُونِ ٱلْمُؤْمِنِينَ ۚ أَتُرِيدُونَ أَن تَجْعَلُوا۟ لِلَّهِ عَلَيْكُمْ سُلْطَـٰنًا مُّبِينًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Mo`minlarni qo`yib, kofirlarni do`st tutmang. Allohning huzurida o`z ziddingizga ochiq hujjat qilishni xohlaysizmi?!Эй, иймон келтирганлар! Мўминларни қўйиб, кофирларни дўст тутманг. Аллоҳнинг ҳузурида ўз зиддингизга очиқ ҳужжат қилишни хоҳлайсизми?!Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, moʻminlarni qoʻyib, kofirlarni doʻst tutmanglar! Alloh uchun oʻz zararlaringizga ochiq hujjat qilib berishni istaysizmi?Эй мўминлар, мўминларни қўйиб, кофирларни дўст тутманглар! Аллоҳ учун ўз зарарларингизга очиқ ҳужжат қилиб беришни истайсизми?
Moʻminlarni qoʻyib, kofirlarni doʻst tutish munofiqlarning ishi ekani oʻtgan oyatlarda aytib oʻtilgan edi. Bu oyatda moʻminlar oʻsha ishdan qaytarilmoqdalar. Moʻminlarni qoʻyib, kofirlarni doʻst tutganda, iymon va Islom uchun hadsiz-hisobsiz zararlar keltiriladi. Bu katta gunohdir. Shuning uchun ham, oyatning ikkinchi qismida:
«Allohning huzurida oʻz ziddingizga ochiq hujjat qilishni xohlaysizmi?!» deyilgandir.
Moʻminni qoʻyib, kofirni doʻst tutish ham bir navi hujjatdirki, oxiratda bu hujjat ularning zararlariga ishlaydi va Alloh ularni shu hujjat asosida azoblaydi.