مُّذَبْذَبِينَ بَيْنَ ذَٰلِكَ لَآ إِلَىٰ هَـٰٓؤُلَآءِ وَلَآ إِلَىٰ هَـٰٓؤُلَآءِ ۚ وَمَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَلَن تَجِدَ لَهُۥ سَبِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular orada sarsondirlar. Na anavilarga qo`shila oladirlar va na manavilarga qo`shila oladirlar. Alloh kimni yo`ldan adashtirsa, hargiz unga yo`l topa olmassan.Улар орада сарсондирлар. На анавиларга қўшила оладирлар ва на манавиларга қўшила оладирлар. Аллоҳ кимни йўлдан адаштирса, ҳаргиз унга йўл топа олмассан.Alauddin Mansour: Ular na uyoqlik, na buyoqlik boʻlmay ikki orada sarson holda qolganlar. Kimniki Alloh yoʻldan ozdirsa siz unga biron yoʻl topib bera olmaysiz.Улар на уёқлик, на буёқлик бўлмай икки орада сарсон ҳолда қолганлар. Кимники Аллоҳ йўлдан оздирса сиз унга бирон йўл топиб бера олмайсиз.
Munofiqning qatʼiy qarori yoʻq. Subuti ham yoʻq. Sirtida iymonli, moʻminlar bilan birga. Ichida kofir boʻlgani uchun kofirlarga talpinadi. Usti boshqa, ichi boshqa boʻlganidan, ikki orada sarson qoladi. Moʻminlarni koʻrganda, ularni eslaganda, iymondan, Islomdan lof urib gapiradi, lekin ichida, kofirlar nima der ekan, deb turadi. Kofirlarga borganda, men moʻminlarni aldash uchun ularga iymondan, Islomdan gapirdim, aslida sizlar bilanman, deydi-yu, ichida, moʻminlar bilib qolsa, nima deyishar ekan, deb turadi. Holbuki, moʻminlar ham, kofirlar ham munofiqning kimligini yaxshi biladilar. Undan nafrat qiladilar, uni pastkash, yaramas, deb biladilar. Munofiq esa, ikki yoʻl orasida sarson boʻlib yuraveradi.
Buyuk tafsirchilarimizdan Ibn Jarir Tobariy ushbu oyati karima tafsirida Qatoda roziyallohu anhudan quyidagilarni rivoyat qilgan:
«Ular muxlis moʻmin ham emaslar, ochiq kofir ham emaslar. Paygʻambarimiz alayhissalom bizga moʻmin, munofiq va kofir haqida quyidagi oʻxshatishni qilar edilar: «Ular xuddi bir daryoni kesib oʻtmoqchi boʻlgan uch kishiga oʻxshaydilar. Moʻmin suvga tushib narigi qirgʻoqqa oʻtib oladi. Undan keyin munofiq tushadi. U moʻmin turgan joyga yetay deganda, orqasidan kofir, menga tomon kel, senga rahmim kelyapti, bir yomonlik yetmasin, deb chaqiradi. Moʻmin esa, men tomonga kel, men tomonda u bor-bu bor, deb sanashga tushadi. Munofiq ikki orada sarson boʻlib, borib-kelib turganda, katta suv kelib uni oqizib ketadi. Munofiq oʻlguncha shak-shubhada oʻtadi», deganlar».
Keyingi oyatda moʻminlarga xitob qilinib, ularga munofiq qilgan ishni qilmaslik, kofirlarni doʻst tutmaslik amr qilinadi: