وَأَخْذِهِمُ ٱلرِّبَوٰا۟ وَقَدْ نُهُوا۟ عَنْهُ وَأَكْلِهِمْ أَمْوَٰلَ ٱلنَّاسِ بِٱلْبَـٰطِلِ ۚ وَأَعْتَدْنَا لِلْكَـٰفِرِينَ مِنْهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va qaytarilgan bo`lsalar ham, ribo olganliklari va odamlarning mollarini botil yo`l bilan yeganlari uchun. Va ularning kofirlari uchun alamli azobni tayyorlab qo`ydik.Ва қайтарилган бўлсалар ҳам, рибо олганликлари ва одамларнинг молларини ботил йўл билан еганлари учун. Ва уларнинг кофирлари учун аламли азобни тайёрлаб қўйдик.Alauddin Mansour: Yana manʼ etilgan boʻlsalar-da, sudxoʻrlik qilganlari va odamlarning mollarini nohaq yeganlari sababli (ularga oldin halol qilingan narsalarni harom qilib qoʻydik). Va ulardan kofir boʻlgan kimsalar uchun alamli azobni tayyorlab qoʻydik.Яна манъ этилган бўлсалар-да, судхўрлик қилганлари ва одамларнинг молларини ноҳақ еганлари сабабли (уларга олдин ҳалол қилинган нарсаларни ҳаром қилиб қўйдик). Ва улардан кофир бўлган кимсалар учун аламли азобни тайёрлаб қўйдик.
Ushbu ikki oyatda yahudiylarning avval zikr qilingan gumrohliklariga yana zulm, Allohning yoʻlidan koʻp toʻsish, riboxoʻrlik va odamlarning mollarini botil yoʻl bilan yeyishlari ham qoʻshilmoqda. Ana shu munkar ishlari tufayli, Alloh taolo yahudiylarga avval halol boʻlgan narsalarni ham harom qildi.
«Yahudiy boʻlganlarning zulmlari, Allohning yoʻlidan koʻp toʻsishlari, oʻzlari qaytarilgan boʻlsalar ham, ribo olganliklari va odamlarning mollarini botil yoʻl bilan yeganlari tufayli ularga oʻzlari uchun halol qilingan narsani harom qildik».
Tavrot tushishidan avval Isroil oʻziga oʻzi harom qilgan narsadan boshqa hamma narsa yahudiylar uchun halol edi. Keyin nimalar harom qilingani haqida avvalgi suralarda keldi. «Anʼom» surasida yana batafsil keladi. Bu dunyodagi choralar bilan kifoyalanmay oxiratda:
«Va ularning kofirlari uchun alamli azobni tayyorlab qoʻydik».
Ha, kofirlarning holi shu.
Lekin moʻminlarning holi tamoman boshqacha boʻladi.