QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят160

فَبِظُلْمٍ مِّنَ ٱلَّذِينَ هَادُوا۟ حَرَّمْنَا عَلَيْهِمْ طَيِّبَـٰتٍ أُحِلَّتْ لَهُمْ وَبِصَدِّهِمْ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ كَثِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yahudiy bo`lganlarga, ularning zulmi, Allohning yo`lidan ko`p to`sganlari uchun, o`zlariga halol qilingan narsani harom qildik.Яҳудий бўлганларга, уларнинг зулми, Аллоҳнинг йўлидан кўп тўсганлари учун, ўзларига ҳалол қилинган нарсани ҳаром қилдик.Alauddin Mansour: Yahudiy boʻlgan kimsalarning zolimliklari va koʻp kishilarni Alloh yoʻlidan toʻsganlari sababli ularga oldin halol qilingan narsalarni harom qilib qoʻydik.Яҳудий бўлган кимсаларнинг золимликлари ва кўп кишиларни Аллоҳ йўлидан тўсганлари сабабли уларга олдин ҳалол қилинган нарсаларни ҳаром қилиб қўйдик.

103-sahifa · 6-juz · 11-hizb103-саҳифа · 6-жуз · 11-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَبِظُلْمٍۢbas, zulmi sababliбас, зулми сабаблиمِّنَ-dan-данٱلَّذِينَularуларهَادُوا۟yahudiy boʻlganlarяҳудий бўлганларحَرَّمْنَاharom qildikҳаром қилдикعَلَيْهِمْulargaуларгаطَيِّبَـٰتٍpok narsalarniпок нарсаларниأُحِلَّتْhalol qilinganҳалол қилинганلَهُمْulargaуларгаوَبِصَدِّهِمْva toʻsganlari sababliва тўсганлари сабаблиعَن-dan-данسَبِيلِyoʻliйўлиٱللَّهِAllohningАллоҳнингكَثِيرًۭاkoʻpкўп
TafsirТафсир

Ushbu ikki oyatda yahudiylarning avval zikr qilingan gumrohliklariga yana zulm, Allohning yoʻlidan koʻp toʻsish, riboxoʻrlik va odamlarning mollarini botil yoʻl bilan yeyishlari ham qoʻshilmoqda. Ana shu munkar ishlari tufayli, Alloh taolo yahudiylarga avval halol boʻlgan narsalarni ham harom qildi.

«Yahudiy boʻlganlarning zulmlari, Allohning yoʻlidan koʻp toʻsishlari, oʻzlari qaytarilgan boʻlsalar ham, ribo olganliklari va odamlarning mollarini botil yoʻl bilan yeganlari tufayli ularga oʻzlari uchun halol qilingan narsani harom qildik».

Tavrot tushishidan avval Isroil oʻziga oʻzi harom qilgan narsadan boshqa hamma narsa yahudiylar uchun halol edi. Keyin nimalar harom qilingani haqida avvalgi suralarda keldi. «Anʼom» surasida yana batafsil keladi. Bu dunyodagi choralar bilan kifoyalanmay oxiratda:

«Va ularning kofirlari uchun alamli azobni tayyorlab qoʻydik».

Ha, kofirlarning holi shu.

Lekin moʻminlarning holi tamoman boshqacha boʻladi.