QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят159

وَإِن مِّنْ أَهْلِ ٱلْكِتَـٰبِ إِلَّا لَيُؤْمِنَنَّ بِهِۦ قَبْلَ مَوْتِهِۦ ۖ وَيَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ يَكُونُ عَلَيْهِمْ شَهِيدًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Hech bir ahli kitob yo`qki, unga o`limidan oldin iymon keltirmasa. Qiyomat kuni esa, u ularning ziddiga guvoh bo`lur.Ҳеч бир аҳли китоб йўқки, унга ўлимидан олдин иймон келтирмаса. Қиёмат куни эса, у уларнинг зиддига гувоҳ бўлур.Alauddin Mansour: Har bir ahli kitob oʻlimi oldidan unga (yaʼni, Iysoga) albatta iymon keltirur. Qiyomat Kunida esa u bularning zarariga guvoh boʻlur.Ҳар бир аҳли китоб ўлими олдидан унга (яъни, Ийсога) албатта иймон келтирур. Қиёмат Кунида эса у буларнинг зарарига гувоҳ бўлур.

103-sahifa · 6-juz · 11-hizb103-саҳифа · 6-жуз · 11-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِنva yoʻqва йўқمِّنْ-dan-данأَهْلِahliаҳлиٱلْكِتَـٰبِkitobкитобإِلَّاmagarмагарلَيُؤْمِنَنَّalbatta iymon keltirurалбатта иймон келтирурبِهِۦungaунгаقَبْلَoldinолдинمَوْتِهِۦ ۖoʻlimidanўлимиданوَيَوْمَva kunidaва кунидаٱلْقِيَـٰمَةِqiyomatқиёматيَكُونُu boʻlurу бўлурعَلَيْهِمْularning ziddigaуларнинг зиддигаشَهِيدًۭاguvohгувоҳ
TafsirТафсир

Ulamolarimiz bu oyati karimaning maʼnosida ikki xil fikr aytganlar. Bunga oyatdagi «oʻlimidan oldin» iborasi sabab boʻlgan. Baʼzilari, bu yerda Iysoning oʻlimi nazarda tutilgan, desalar, baʼzilari, ahli kitobning oʻlimi nazarda tutilgan deydilar.

Birinchi toifa: «Iyso alayhissalom qiyomat yaqinlashganda tushganlarida, ahli kitoblardan hech kim qolmay, u kishi oʻlishlaridan oldin u zotga iymon keltiradi», deydi.

Ikkinchi toifa olimlarning tafsirlariga koʻra esa, har bir ahli kitob oʻz oʻlimidan oldin, albatta, Iyso alayhissalomga iymon keltiradi.

«Hech bir ahli kitob yoʻqki, unga oʻlimidan oldin iymon keltirmasa».

Yaʼni, har bir yahudiy ham oʻz oʻlimidan oldin, albatta, Iyso alayhissalomga iymon keltiradi. Ammo, bu, foyda bermaydigan iymon boʻladi. Shuning uchun ham,

«Qiyomat kuni esa, u ularning ziddiga guvoh boʻlur».

Yaʼni, Iyso alayhissalom qiyomat kuni ularning ziddiga guvohlik beradilar.