۞ إِنَّآ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ كَمَآ أَوْحَيْنَآ إِلَىٰ نُوحٍ وَٱلنَّبِيِّـۧنَ مِنۢ بَعْدِهِۦ ۚ وَأَوْحَيْنَآ إِلَىٰٓ إِبْرَٰهِيمَ وَإِسْمَـٰعِيلَ وَإِسْحَـٰقَ وَيَعْقُوبَ وَٱلْأَسْبَاطِ وَعِيسَىٰ وَأَيُّوبَ وَيُونُسَ وَهَـٰرُونَ وَسُلَيْمَـٰنَ ۚ وَءَاتَيْنَا دَاوُۥدَ زَبُورًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz senga xuddi Nuh va undan keyingi Payg`ambarlarga vahiy yuborganimizdek vahiy yubordik. Biz Ibrohim, Ismoil, Is'hoq, Ya'qub, asbot, Iyso, Ayyub, Yunus, Horun va Sulaymonga vahiy yubordik. Dovudga esa Zaburni berdik.Биз сенга худди Нуҳ ва ундан кейинги Пайғамбарларга ваҳий юборганимиздек ваҳий юбордик. Биз Иброҳим, Исмоил, Исҳоқ, Яъқуб, асбот, Ийсо, Айюб, Юнус, Ҳорун ва Сулаймонга ваҳий юбордик. Довудга эса Забурни бердик.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), albatta Biz Nuhga va undan keyingi paygʻambarlarga vahiy yuborganimiz kabi sizga ham vahiy yubordik, yana Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub va uning urugʻ-avlodi, Iyso, Ayyub, Yunus, Horun va Sulaymon paygʻambarlarga ham vahiy yuborganmiz. Dovudga Zaburni ato etdik.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), албатта Биз Нуҳга ва ундан кейинги пайғамбарларга ваҳий юборганимиз каби сизга ҳам ваҳий юбордик, яна Иброҳим, Исмоил, Исҳоқ, Яъқуб ва унинг уруғ-авлоди, Ийсо, Айюб, Юнус, Ҳорун ва Сулаймон пайғамбарларга ҳам ваҳий юборганмиз. Довудга Забурни ато этдик.
Demak, hamma Paygʻambarlarga vahiy yuborayotgan, ularni bandalar ichidan tanlab olayotgan Zot bitta. Mazkur Paygʻambarlarga vahiy yuborgan oʻsha Zot Muhammad alayhissalomga ham vahiy yuborgandir. Mazkur kishilarni Paygʻambar qilib tanlab olgan oʻsha Zot Muhammad alayhissalomni ham Paygʻambar qilib tanlab olgandir. Dovud alayhissalomga Zaburni bergan boʻlsa, Muhammad alayhissalomga Qurʼonni bergandir.