رُّسُلًا مُّبَشِّرِينَ وَمُنذِرِينَ لِئَلَّا يَكُونَ لِلنَّاسِ عَلَى ٱللَّهِ حُجَّةٌۢ بَعْدَ ٱلرُّسُلِ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَزِيزًا حَكِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bashorat beruvchi va ogohlantiruvchi Payg`ambarlarni Alloh huzurida odamlarga Payg`ambarlardan so`ng hujjat bo`lmasligi uchun yubordik. Va Alloh aziyz va hakiym bo`lgan Zotdir.Башорат берувчи ва огоҳлантирувчи Пайғамбарларни Аллоҳ ҳузурида одамларга Пайғамбарлардан сўнг ҳужжат бўлмаслиги учун юбордик. Ва Аллоҳ азийз ва ҳакийм бўлган Зотдир.Alauddin Mansour: Toki bu paygʻambarlar oʻtganlaridan keyin odamlar uchun Allohga qarshi hujjat boʻlib qolmasligi uchun paygʻambarlarni (moʻminlarga jannat haqida) xushxabar eltuvchi va (kofirlarni doʻzax azobidan) qoʻrqituvchi qilib yubordik. Alloh qudrat va hikmat egasi boʻlgan Zotdir.Токи бу пайғамбарлар ўтганларидан кейин одамлар учун Аллоҳга қарши ҳужжат бўлиб қолмаслиги учун пайғамбарларни (мўминларга жаннат ҳақида) хушхабар элтувчи ва (кофирларни дўзах азобидан) қўрқитувчи қилиб юбордик. Аллоҳ қудрат ва ҳикмат эгаси бўлган Зотдир.
Alloh taolo odam bolasiga oqni qoradan va yaxshini yomondan ajratishi uchun aqlni bergan. Oʻzi bergan oʻsha aql tufayli odamlarga, nima uchun aqlingni ishlatib meni tanimading, ibodatimni qilmading, desa, haqqi bor. Ammo, Alloh taolo bandalariga mehribon Zot, shuning uchun ham, ularga oson boʻlsin deb, bandalarga jannat bashoratini beruvchi va doʻzaxdan ogohlantiruvchi Paygʻambarlarni yubordi.
«Bashorat beruvchi va ogohlantiruvchi Paygʻambarlarni Alloh huzurida odamlarga Paygʻambarlardan soʻng hujjat boʻlmasligi uchun yubordik».
Paygʻambarlar yuborilganidan keyin odamlarda hech qanday uzr qolmaydi. Paygʻambar yuborganingda, unga ergashib, senga iymon keltirar edik, ibodatingni qilar edik, deb hech kim hujjat keltira olmaydi.
«Va Alloh aziz va hakim boʻlgan Zotdir».
Ha, Alloh, darhaqiqat, har bir ishga qodir va hakiym Zotdir. U zot har bir ishni qilishga qodirdir. U zot har bir ishni hikmat ila qiladir.
Keyingi oyatlarda Alloh taolo Oʻzining oxirgi Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga tasalli berib, ahli kitoblarning inkorlariga ahamiyat bermaslikka chaqiradi. Alloh yuborgan boshqa Paygʻambarlarga ishonishib, senga ishonishmasa, ishonishmasin: