يَسْتَفْتُونَكَ قُلِ ٱللَّهُ يُفْتِيكُمْ فِى ٱلْكَلَـٰلَةِ ۚ إِنِ ٱمْرُؤٌا۟ هَلَكَ لَيْسَ لَهُۥ وَلَدٌ وَلَهُۥٓ أُخْتٌ فَلَهَا نِصْفُ مَا تَرَكَ ۚ وَهُوَ يَرِثُهَآ إِن لَّمْ يَكُن لَّهَا وَلَدٌ ۚ فَإِن كَانَتَا ٱثْنَتَيْنِ فَلَهُمَا ٱلثُّلُثَانِ مِمَّا تَرَكَ ۚ وَإِن كَانُوٓا۟ إِخْوَةً رِّجَالًا وَنِسَآءً فَلِلذَّكَرِ مِثْلُ حَظِّ ٱلْأُنثَيَيْنِ ۗ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمْ أَن تَضِلُّوا۟ ۗ وَٱللَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌۢ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sendan fatvo so`rarlar. «Alloh sizga kalola haqida fatvo berur», deb ayt. Agar bir odam o`lsa-yu, uning bolasi bo`lmasa, singlisi bo`lsa, unga marhumdan qolganning yarmi berilur. Agar singilning bolasi bo`lmasa, u hamma merosni olur. Agar singil ikkita bo`lsa, ular marhumdan qolganning uchdan ikkisini olurlar. Agar (merosxo`rlar) erkak-ayol birodarlar bo`lsalar, bir erkak ikki ayol hissasi asosida olurlar. Adashmasligingiz uchun Alloh bayon qilmoqda. Alloh har bir narsani biluvchi Zotdir.Сендан фатво сўрарлар. «Аллоҳ сизга калола ҳақида фатво берур», деб айт. Агар бир одам ўлса-ю, унинг боласи бўлмаса, синглиси бўлса, унга марҳумдан қолганнинг ярми берилур. Агар сингилнинг боласи бўлмаса, у ҳамма меросни олур. Агар сингил иккита бўлса, улар марҳумдан қолганнинг учдан иккисини олурлар. Агар (меросхўрлар) эркак-аёл биродарлар бўлсалар, бир эркак икки аёл ҳиссаси асосида олурлар. Адашмаслигингиз учун Аллоҳ баён қилмоқда. Аллоҳ ҳар бир нарсани билувчи Зотдир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Sizdan fatvo soʻraydilar. Ayting: «Alloh sizlarga na ota va na bolasi boʻlmagan odam toʻgʻrisida fatvo berur: agar farzandsiz boʻlgan yolgʻiz bir erkak oʻlsa, (agar) uning singlisi boʻlsa, unga (akasi) qoʻyib ketgan merosning yarmini olur. Agar singlisining farzandi boʻlmasa, aka unga merosxoʻr boʻlur. Agar singillar ikkita boʻlsa, ular uchun aka qoldirgan narsadan uchdan ikkisi tegur. Agar merosxoʻrlar aka-singillar boʻlsa, bir erkak uchun ikki ayol hissasi berilur. Adashib ketmasliklaring uchun Alloh sizlarga (Oʻz hukmlarini) bayon qilur Alloh hamma narsani bilguvchidir».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Сиздан фатво сўрайдилар. Айтинг: «Аллоҳ сизларга на ота ва на боласи бўлмаган одам тўғрисида фатво берур: агар фарзандсиз бўлган ёлғиз бир эркак ўлса, (агар) унинг синглиси бўлса, унга (акаси) қўйиб кетган мероснинг ярмини олур. Агар синглисининг фарзанди бўлмаса, ака унга меросхўр бўлур. Агар сингиллар иккита бўлса, улар учун ака қолдирган нарсадан учдан иккиси тегур. Агар меросхўрлар ака-сингиллар бўлса, бир эркак учун икки аёл ҳиссаси берилур. Адашиб кетмасликларинг учун Аллоҳ сизларга (Ўз ҳукмларини) баён қилур Аллоҳ ҳамма нарсани билгувчидир».
«Kalola» nima ekanligi xususida ushbu «Niso» surasi avvalida bahs qilganmiz.
«Agar bir odam oʻlsa-yu, uning bolasi boʻlmasa, singlisi boʻlsa, unga marhumdan qolganning yarmi berilur».
Kalola holda bir erkak oʻlib, meros qoldirsa-yu, uning bolasi boʻlmay, singlisi boʻlsa, oʻsha singil aka yoki ukasidan qolgan merosning yarmini oladi.
«Agar singilning bolasi boʻlmasa, u hamma merosni olur.
Agar ayol kishi kalola holda oʻlib, meros qoldirsa-yu, bolasi boʻlmasa, aka yoki ukasigina boʻlsa, u singlisidan qolgan merosning hammasini oladi.
«Agar singil ikkita boʻlsa, ular marhumdan qolganning uchdan ikkisini olurlar».
Agar er kishi kalola holda oʻlsa-yu, ortida ikki singlisi qolsa, ular merosning uchdan ikkisini boʻlib oladilar.
«Agar (merosxoʻrlar) erkak-ayol birodarlar boʻlsalar, bir erkak ikki ayol hissasi asosida olurlar».
Agar bir erkak kalola holda oʻlsa, ortida aka-uka, opa-singillari qolsa, ular bir erkakka ikki ayol hissasi qoidasi asosida merosni boʻlib oladilar. Ushbu holda ona bir birodarlar, opa-singillar istisno qilinadilar. Suraning avvalida kelgan oyatda aytilganidek, agar kalola holida vafot etgan odamning ortidan faqat ona bir aka-uka va opa-singillari qolsalar, merosni erkak- ayol teng hissa ila boʻlib oladilar.
«Adashmasligingiz uchun Alloh bayon qilmoqda. Alloh har bir narsani biluvchi Zotdir».
Bularni, bandalar adashib qolmasin deb, Allohning Oʻzi bayon qilib bermoqda.
Alloh taoloning yordami va rioyati
SHAYX
MUHAMMAD SODIQ
MUHAMMAD YUSUF
TUZATILGAN VA QOʻSHIMCHA QILINGAN
IKKINCHI NASHR
2 JUZ
Alloh taoloning kalomi tafsiri haqidagi ushbu kamtarona urinishni qiblagohim Muhammad Yusuf hoji va onajonim Sobira xonim Tilakberdi qizi rahmatullohi alayhimolarga bagʻishlayman. Haq taolodan u zotlarni magʻfirat aylab, joylarini jannatdan Sh i o r i m i z: qilishini tilab duolar qilaman. Muhtaram oʻquvchilardan otamiz
Ahli sunna va jamoa mazhabi asosida pok aqiyda va musaffo Islomga intilish, Qurʼon va sunnatni oʻrganib amal qilish, islomiy va onamiz haqlariga duolar umididaman. maʼrifat taratish, salafi solih — ulugʻ mujtahidlarga ergashish,
Muallif.
© Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, 2008. kengbagʻirlik va birodarlik ruhini tarqatish.
Diyniy savodsizlikni tugatish, ixtilof va firqachilikka barham berish, mutaassiblik va bidʼat-xurofotlarni yoʻqotish.