فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ بِٱللَّهِ وَٱعْتَصَمُوا۟ بِهِۦ فَسَيُدْخِلُهُمْ فِى رَحْمَةٍ مِّنْهُ وَفَضْلٍ وَيَهْدِيهِمْ إِلَيْهِ صِرَٰطًا مُّسْتَقِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohga iymon keltirgan va Uni mahkam tutganlarni, shubhasiz, O`zidan bo`lgan rahmatga va fazlga kiritur va ularni unga — to`g`ri yo`lga hidoyat qilur.Аллоҳга иймон келтирган ва Уни маҳкам тутганларни, шубҳасиз, Ўзидан бўлган раҳматга ва фазлга киритур ва уларни унга — тўғри йўлга ҳидоят қилур.Alauddin Mansour: Allohga iymon keltirib, Unga bogʻlangan zotlarni oʻz tomonidan boʻlgan rahmat va fazlu marhamatga (yaʼni, jannatga) doxil qilur. Va ularni Oʻzining tugʻri yoʻliga yoʻllagay.Аллоҳга иймон келтириб, Унга боғланган зотларни ўз томонидан бўлган раҳмат ва фазлу марҳаматга (яъни, жаннатга) дохил қилур. Ва уларни Ўзининг туғри йўлига йўллагай.
Allohni mahkam tutish–Uning amrini, dinini, Qurʼonini tutish, demakdir. Bu esa, haqiqiy iymonning samarasidir. Iymon haqiqiy boʻlgandagina, uning egasi oʻz Robbini taniydi va oʻzining bandaligini tan oladi. Ana oʻshanday odamgina Allohni mahkam tutadi. Allohga iymon keltirish hamda Uni mahkam tutish esa, oʻz navbatida, insonning Alloh taolo tomonidan rahmat va fazlga kiritilishiga sabab boʻladi.
«Allohga iymon keltirgan va Uni mahkam tutganlarni, shubhasiz, Oʻzidan boʻlgan rahmatga va fazlga kiritur...»
Bu dunyoda ular Alloh taoloning rahmati va fazliga kiritiladilar. Faqat iymonga asoslangan hayotgina rahmat va fazlli boʻlishi mumkin.
Iymonsiz hayot buning aksidir.
«...va ularni unga–toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilur».
Iymon keltirib, Allohni mahkam tutgan odamlar oxiratda toʻgʻri yoʻldan Alloh tomon shahdam odimlab boradilar.
Suraning oxirida yana uning avvalida kelgan meros masalasi, xususan, kalola merosi haqida soʻz ketadi.