يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ قَدْ جَآءَكُم بُرْهَـٰنٌ مِّن رَّبِّكُمْ وَأَنزَلْنَآ إِلَيْكُمْ نُورًا مُّبِينًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey odamlar! Sizga Robbingizdan burhon keldi va sizga aniq nurni nozil qildik.Эй одамлар! Сизга Роббингиздан бурҳон келди ва сизга аниқ нурни нозил қилдик.Alauddin Mansour: Ey odamlar, sizlarga Parvardigoringizdan hujjat keldi. Va Biz sizlarga ravshan nurni nozil qildik.Эй одамлар, сизларга Парвардигорингиздан ҳужжат келди. Ва Биз сизларга равшан нурни нозил қилдик.
Bu burhon Qurʼoni Karimdir. Ushbu burhon Allohning yagonaligi burhonidir. Ushbu burhon Paygʻambar alayhissalomning haqliklari burhonidir. Ushbu burhon Islom ikki dunyo saodatiga eltuvchi din ekanligining burhonidir. Alloh Oʻz bandalariga rahim etib, ularga ikki dunyo baxtiga erishish dasturi qilib nozil etgan bu Qurʼon aniq nurdir.