QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят173

فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ فَيُوَفِّيهِمْ أُجُورَهُمْ وَيَزِيدُهُم مِّن فَضْلِهِۦ ۖ وَأَمَّا ٱلَّذِينَ ٱسْتَنكَفُوا۟ وَٱسْتَكْبَرُوا۟ فَيُعَذِّبُهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا وَلَا يَجِدُونَ لَهُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ وَلِيًّا وَلَا نَصِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni esa, ajrlarini to`liq qilib berur va O`z fazlidan ziyoda ham qilur. Ammo, or qilib kibrga ketganlarni alamli azob bilan azoblar va ular o`zlari uchun Allohdan o`zga do`st ham, yordamchi ham topmaslar.Иймон келтириб, яхши амалларни қилганларни эса, ажрларини тўлиқ қилиб берур ва Ўз фазлидан зиёда ҳам қилур. Аммо, ор қилиб кибрга кетганларни аламли азоб билан азоблар ва улар ўзлари учун Аллоҳдан ўзга дўст ҳам, ёрдамчи ҳам топмаслар.Alauddin Mansour: Ana oʻshanda iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan kishilarning mukofotlarini komil qilib berib, yana Oʻz fazlu karamidan qoʻshimcha ham qilur. Ammo or qilgan, kibru havo qilgan kimsalarni esa alamli azob bilan azoblaydi va ular oʻzlari uchun Allohdan oʻzga na bir doʻst va na bir madadkor topolmaslar.Ана ўшанда иймон келтириб, яхши амаллар қилган кишиларнинг мукофотларини комил қилиб бериб, яна Ўз фазлу карамидан қўшимча ҳам қилур. Аммо ор қилган, кибру ҳаво қилган кимсаларни эса аламли азоб билан азоблайди ва улар ўзлари учун Аллоҳдан ўзга на бир дўст ва на бир мададкор тополмаслар.

105-sahifa · 6-juz · 11-hizb105-саҳифа · 6-жуз · 11-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَأَمَّاbas, ammoбас, аммоٱلَّذِينَularуларءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларوَعَمِلُوا۟va qilganlarва қилганларٱلصَّـٰلِحَـٰتِyaxshi amallarniяхши амалларниفَيُوَفِّيهِمْularga toʻliq berurуларга тўлиқ берурأُجُورَهُمْajrlariniажрлариниوَيَزِيدُهُمva ziyoda qilurва зиёда қилурمِّن-dan-данفَضْلِهِۦ ۖOʻz fazliЎз фазлиوَأَمَّاva ammoва аммоٱلَّذِينَularуларٱسْتَنكَفُوا۟or qilganlarор қилганларوَٱسْتَكْبَرُوا۟va kibrga ketganlarва кибрга кетганларفَيُعَذِّبُهُمْbas, ularni azoblarбас, уларни азобларعَذَابًاazob bilanазоб биланأَلِيمًۭاalamliаламлиوَلَاva emasва эмасيَجِدُونَtoparlarтопарларلَهُمoʻzlari uchunўзлари учунمِّن-dan-данدُونِoʻzgaўзгаٱللَّهِAllohАллоҳوَلِيًّۭاdoʻstдўстوَلَاva emasва эмасنَصِيرًۭاyordamchiёрдамчи
TafsirТафсир

Yaʼni, yuqoridagi oyatda zikr qilingan oʻsha mahsharda–odamlarni qiyomat kuni bir yerga toʻplaganda, moʻminlarga Alloh taolo ajru savoblarini toʻliq qilib beradi. Balki, uning ustiga qoʻshimcha mukofotlarni ham ato qiladi.

«Iymon keltirib yaxshi amallarni qilganlarni esa, ajrlarini toʻliq qilib berur va Oʻz fazlidan ziyoda ham qilur».

Shu bilan bir vaqtda, kibru havo ila iymondan or qilib kofir boʻlganlarga alamli azoblar beradi. Ana oʻshanda ul kofirlar oʻzlariga hech bir yordamchi topa olmay qoladilar.

«Ammo, or qilib kibrga ketganlarni alamli azob bilan azoblar va ular oʻzlari uchun Allohdan oʻzga doʻst ham, yordamchi ham topmaslar».

Shuning uchun ham, bu dunyoda iymon keltirib, yaxshi amallar qilib yurmoq, kibrga ketmaslik zarurdir.

Soʻngra, yana hamma odamlarga umumiy xitob qilinadi.