QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят172

لَّن يَسْتَنكِفَ ٱلْمَسِيحُ أَن يَكُونَ عَبْدًا لِّلَّهِ وَلَا ٱلْمَلَـٰٓئِكَةُ ٱلْمُقَرَّبُونَ ۚ وَمَن يَسْتَنكِفْ عَنْ عِبَادَتِهِۦ وَيَسْتَكْبِرْ فَسَيَحْشُرُهُمْ إِلَيْهِ جَمِيعًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Masiyh ham, muqarrab farishtalar ham Allohga banda bo`lishdan zinhor bosh tortmaslar. Kim Uning ibodatidan bosh tortsa va mutakabbirlik qilsa, ularning hammasini O`ziga to`plar.Масийҳ ҳам, муқарраб фаришталар ҳам Аллоҳга банда бўлишдан зинҳор бош тортмаслар. Ким Унинг ибодатидан бош тортса ва мутакаббирлик қилса, уларнинг ҳаммасини Ўзига тўплар.Alauddin Mansour: Masih ham, Allohga yaqin qilingan farishtalar ham Allohga banda boʻlishdan zinhor or qilmaydilar. Kimki Unga bandalik qilishdan or qilsa va kibru havo qilsa, bas, ularning barchasini Oʻz huzuriga jam qilajak.Масиҳ ҳам, Аллоҳга яқин қилинган фаришталар ҳам Аллоҳга банда бўлишдан зинҳор ор қилмайдилар. Кимки Унга бандалик қилишдан ор қилса ва кибру ҳаво қилса, бас, уларнинг барчасини Ўз ҳузурига жам қилажак.

105-sahifa · 6-juz · 11-hizb105-саҳифа · 6-жуз · 11-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَّنemasэмасيَسْتَنكِفَzinhor bosh tortarзинҳор бош тортарٱلْمَسِيحُMasihМасиҳأَن-dan-данيَكُونَboʻlishбўлишعَبْدًۭاbandaбандаلِّلَّهِAllohgaАллоҳгаوَلَاva emasва эмасٱلْمَلَـٰٓئِكَةُfarishtalarфаришталарٱلْمُقَرَّبُونَ ۚmuqarrab (yaqin) boʻlganмуқарраб (яқин) бўлганوَمَنva kimва кимيَسْتَنكِفْbosh tortsaбош тортсаعَنْ-dan-данعِبَادَتِهِۦuning ibodatiунинг ибодатиوَيَسْتَكْبِرْva mutakabbirlik qilsaва мутакаббирлик қилсаفَسَيَحْشُرُهُمْbas, ularni toʻplarбас, уларни тўпларإِلَيْهِOʻzigaЎзигаجَمِيعًۭاhammasiniҳаммасини
TafsirТафсир

Bu oyatdan ulkan bir haqiqat anglab olinadi. Avvalgi oyatlarda yagona Allohga iymon keltirish–eʼtiqod qilish lozimligi haqida soʻz ketgan edi. Ushbu oyati karimada esa, dunyodagi hamma-hamma, hatto nasorolar xudo deb eʼtiqod qilayotgan Iyso ham, Allohga yaqin (muqarrab) farishtalar ham Allohga ibodat qilishdan bosh tortmasliklari taʼkidlanmoqda.

«Masiyh ham, muqarrab farishtalar ham Allohga banda boʻlishdan zinhor bosh tortmaslar».

Demak, hamma yagona Allohga eʼtiqod qilishi kerak, hamma yagona Allohga ibodat qilishi kerak. Bu esa, yolgʻiz eʼtiqodning oʻzi kifoya qilmasligini koʻrsatadi. Men eʼtiqodli odamman, deb qoʻyib, ibodatsiz yurish yoki Allohdan boshqaga ibodat qilish, boshqaning aytganini qilish mutlaqo mumkin emas.

Baʼzi oʻzini bilmaganlar Allohning ibodatidan bosh tortsalar, oʻzlariga qiyin boʻladi.

«Kim Uning ibodatidan bosh tortsa va mutakabbirlik qilsa, ularning hammasini Oʻziga toʻplar».

Bu toʻplash Qiyomat kuni boʻladi. Alloh oʻshanda ularni qilmishlariga yarasha jazolaydi.