QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят171

يَـٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَـٰبِ لَا تَغْلُوا۟ فِى دِينِكُمْ وَلَا تَقُولُوا۟ عَلَى ٱللَّهِ إِلَّا ٱلْحَقَّ ۚ إِنَّمَا ٱلْمَسِيحُ عِيسَى ٱبْنُ مَرْيَمَ رَسُولُ ٱللَّهِ وَكَلِمَتُهُۥٓ أَلْقَىٰهَآ إِلَىٰ مَرْيَمَ وَرُوحٌ مِّنْهُ ۖ فَـَٔامِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرُسُلِهِۦ ۖ وَلَا تَقُولُوا۟ ثَلَـٰثَةٌ ۚ ٱنتَهُوا۟ خَيْرًا لَّكُمْ ۚ إِنَّمَا ٱللَّهُ إِلَـٰهٌ وَٰحِدٌ ۖ سُبْحَـٰنَهُۥٓ أَن يَكُونَ لَهُۥ وَلَدٌ ۘ لَّهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۗ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ وَكِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, ahli kitoblar! Diningizda haddan oshmang va Alloh haqida haqdan boshqani aytmang. Albatta, Masiyh Iyso ibn Maryam Allohning Payg`ambari, Maryamga ilqo qilgan kalimasi va Undan bo`lgan ruhdir. Bas, Allohga va Uning Payg`ambarlariga iymon keltiring. Uni uchta demang. To`xtang, o`zingizga yaxshi bo`ladi. Albatta, Alloh yagona ilohdir, o`zga emas. U O`zining bolasi bo`lishidan pok bo`ldi. Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Unikidir. Vakillikka Allohning O`zi kifoya qilur.Эй, аҳли китоблар! Динингизда ҳаддан ошманг ва Аллоҳ ҳақида ҳақдан бошқани айтманг. Албатта, Масийҳ Ийсо ибн Марям Аллоҳнинг Пайғамбари, Марямга илқо қилган калимаси ва Ундан бўлган руҳдир. Бас, Аллоҳга ва Унинг Пайғамбарларига иймон келтиринг. Уни учта деманг. Тўхтанг, ўзингизга яхши бўлади. Албатта, Аллоҳ ягона илоҳдир, ўзга эмас. У Ўзининг боласи бўлишидан пок бўлди. Осмонлардаги нарсалар ва ердаги нарсалар Уникидир. Вакилликка Аллоҳнинг Ўзи кифоя қилур.Alauddin Mansour: Ey ahli kitob, (Iysoni xudo deyish bilan) diningizda haddingizdan oshmangiz! Alloh shaʼniga esa faqat haq gapni aytingiz! Albatta, al-Masih Iyso binni Maryam faqat Allohning paygʻambari va Uning Maryamga yetkazgan soʻzi hamda uning tomonidan boʻlgan ruh (Sohibidir), xolos. Bas, Alloh va Uning paygʻambarlariga iymon keltiringiz! «(Alloh) uchta (yaʼni, Alloh Maryam va Iyso uchalalari ham Allohlardir)», demangiz! (Bunday botil eʼtiqoddan) toʻxtangiz, shunda oʻzingiz uchun yaxshi boʻlur. Hech shak-shubhasiz, Alloh yakka-yagonadir. U farzandlik boʻlishdan pok boʻlgan Zotdir. Osmonlardagi va Yerdagi bor narsa Unikidir. Allohning Oʻzi yetarli vakildir.Эй аҳли китоб, (Ийсони худо дейиш билан) динингизда ҳаддингиздан ошмангиз! Аллоҳ шаънига эса фақат ҳақ гапни айтингиз! Албатта, ал-Масиҳ Ийсо бинни Марям фақат Аллоҳнинг пайғамбари ва Унинг Марямга етказган сўзи ҳамда унинг томонидан бўлган руҳ (Соҳибидир), холос. Бас, Аллоҳ ва Унинг пайғамбарларига иймон келтирингиз! «(Аллоҳ) учта (яъни, Аллоҳ Марям ва Ийсо учалалари ҳам Аллоҳлардир)», демангиз! (Бундай ботил эътиқоддан) тўхтангиз, шунда ўзингиз учун яхши бўлур. Ҳеч шак-шубҳасиз, Аллоҳ якка-ягонадир. У фарзандлик бўлишдан пок бўлган Зотдир. Осмонлардаги ва Ердаги бор нарса Уникидир. Аллоҳнинг Ўзи етарли вакилдир.

105-sahifa · 6-juz · 11-hizb105-саҳифа · 6-жуз · 11-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَهْلَeyэйٱلْكِتَـٰبِahli kitoblarаҳли китобларلَاemasэмасتَغْلُوا۟haddan oshingҳаддан ошингفِى-da-даدِينِكُمْdiningizдинингизوَلَاva emasва эмасتَقُولُوا۟aytingайтингعَلَىhaqidaҳақидаٱللَّهِAllohАллоҳإِلَّاboshqaniбошқаниٱلْحَقَّ ۚhaqdanҳақданإِنَّمَاalbatta, faqatалбатта, фақатٱلْمَسِيحُMasihМасиҳعِيسَىIysoИйсоٱبْنُibn (oʻgʻli)ибн (ўғли)مَرْيَمَMaryamМарямرَسُولُPaygʻambariПайғамбариٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَكَلِمَتُهُۥٓva Uning kalimasidirва Унинг калимасидирأَلْقَىٰهَآuni ilqo qilganуни илқо қилганإِلَىٰ-ga-гаمَرْيَمَMaryamМарямوَرُوحٌۭva ruhdirва руҳдирمِّنْهُ ۖUndan boʻlganУндан бўлганفَـَٔامِنُوا۟bas, iymon keltiringбас, иймон келтирингبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаوَرُسُلِهِۦ ۖva Uning Paygʻambarlarigaва Унинг Пайғамбарларигаوَلَاva emasва эмасتَقُولُوا۟dengденгثَلَـٰثَةٌ ۚuchtaучтаٱنتَهُوا۟toʻxtangтўхтангخَيْرًۭاyaxshi boʻladiяхши бўладиلَّكُمْ ۚoʻzingizgaўзингизгаإِنَّمَاalbatta, faqatалбатта, фақатٱللَّهُAllohАллоҳإِلَـٰهٌۭilohdirилоҳдирوَٰحِدٌۭ ۖyagonaягонаسُبْحَـٰنَهُۥٓU pok boʻldiУ пок бўлдиأَن-dan-данيَكُونَboʻlishiбўлишиلَهُۥOʻziningЎзинингوَلَدٌۭ ۘbolasiболасиلَّهُۥUnikidirУникидирمَاnarsalarнарсаларفِى-dagi-дагиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَمَاva narsalarва нарсаларفِى-dagi-дагиٱلْأَرْضِ ۗyerерوَكَفَىٰva kifoya qilurва кифоя қилурبِٱللَّهِAllohning OʻziАллоҳнинг Ўзиوَكِيلًۭاvakillikkaвакилликка
TafsirТафсир

Islom dini insoniyatning aqiydasini toʻgʻri yoʻlga solishga kelgan. Bu oʻrinda ushbu oyat nasorolarning aqiydasini toʻgʻrilamoqda. Maʼlumki, nasroniy dini yangiligi vaqtida aqiyda toʻgʻri boʻlgan. Lekin, zamon oʻtishi bilan, bu aqiyda asta-sekin buzila borgan. Milodiy oltinchi asrga kelib, Rim imperatorlarining tazyiqi ostida nasroniy aqiydasi tamoman buzilib boʻlgan edi. Nasorolar oʻz dinlarida haddan oshib ketdilar. Allohning bandasi va Paygʻambari Iyso alayhissalomni «Allohning oʻgʻli» dedilar. Soʻngra, Alloh uch asldan–ota, oʻgʻil va muqaddas ruhdan iboratdir, deb daʼvo qildilar. Shuningdek, Bibi Maryamni ham ilohlik darajasiga koʻtardilar. Xudoning tabiati haqida bitmas-tuganmas ixtiloflarga tushdilar. Oxiri kelib, oʻzlari ham tushunib yetmaydigan aqiydaviy mashmashalarga giriftor boʻldilar. Ularning ushbu va shunga oʻxshash koʻplab ishlari dinda gʻuluvga ketish–haddan oshish edi. Alloh taolo bu oyati karimada ahli kitoblardan boʻlmish nasorolarga xitob qilib:

«Ey, ahli kitoblar! Diningizda haddan oshmang va Alloh haqida haqdan boshqani aytmang», demoqda.

Alloh haqidagi haq esa, Islom aqiydasida kelgandir. Nasorolar xudo yoki oʻgʻil xudo yoki xudoning uch aslidan biri, deb eʼtiqod qiladigan Iyso alayhissalom haqidagi eng toʻgʻri aqiyda quyidagichadir:

«Albatta, Masiyh Iyso ibn Maryam Allohning Paygʻambari, Maryamga ilqo qilgan kalimasi va Undan boʻlgan ruhdir».

Demak, Iyso Alloh emas, balki Allohning Paygʻambaridir. Ha, u zot Ibrohim, Muso, Muhammad va boshqa Paygʻambarlarga oʻxshash Paygʻambardir.

Shu bilan birga, Iyso alayhissalom Allohning «Maryamga ilqo qilgan kalimasi» hamdir. Yaʼni, u zot boshqalarga oʻxshab onalari qornida nutfadan paydo boʻlmagan, balki Allohning «Boʻl!» degan kalimasi ila paydo boʻlgan.

Iyso alayhissalom Undan, yaʼni Allohdan boʻlgan ruh hamdir. Bu «ruh»dan murod puflashdir. Chunki, Allohning amri ila Jabroil farishta Bibi Maryamning yoqalaridan puflagandan soʻng Bibi Maryam onamiz Iyso alayhissalomga homilador boʻlganlar. Alloh Odam alayhissalomni loydan yasab boʻlgandan soʻng unga puflaganda jon kirgan edi. Oʻshani ham «ruh» deyilgandir. Haqiqatan shunday boʻlgach:

«Bas, Allohga va Uning Paygʻambarlariga iymon keltiring».

Yaʼni, yagona Allohga iymon keltiring. Allohning Paygʻambarlariga, jumladan, Iyso Paygʻambarga va oxirgi Paygʻambar Muhammad alayhissalomga iymon keltiring.

«Uni uchta demang! Toʻxtang, oʻzingizga yaxshi boʻladi».

Yaʼni: ey nasorolar, Alloh uchta–ota, oʻgʻil va muqaddas ruh demang. Bunday notoʻgʻri eʼtiqod va gap-soʻzlardan toʻxtang, oʻzingizga yaxshi boʻladi.

«Albatta, Alloh yagona ilohdan oʻzga emas».

Alloh haqidagi haqiqiy aqiyda shuldir. Ham borliqdagi haqiqat, ham inson aqli Allohning yagonaligiga shohiddir. Bu haqiqatni inkor qilib, «Alloh uchtadir» deyish gumrohlikdir.

«U Oʻzining bolasi boʻlishidan pok boʻldi».

Bola tugʻish yoki tugʻilish naslni saqlab qoluvchi omildir. Maʼlum muddat yashab, soʻngra oʻladigan maxluqlarning nasabi tugʻish ila saqlanib qoladi. Hamisha boqiy Zot–Allohga bu vasf hech toʻgʻri kelmaydi. Uning farzandga nima hojati bor?! Holbuki:

«Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Unikidir».

Bunday Zotga banda boʻlish qanday yaxshi. Kim oʻzining Allohning bandasi ekanligini tan olsa, unga:

«Vakillikka Allohning Oʻzi kifoya qilur».