QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят170

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ قَدْ جَآءَكُمُ ٱلرَّسُولُ بِٱلْحَقِّ مِن رَّبِّكُمْ فَـَٔامِنُوا۟ خَيْرًا لَّكُمْ ۚ وَإِن تَكْفُرُوا۟ فَإِنَّ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey odamlar! Batahqiq, sizlarga Robbingizdan haq ila Payg`ambar keldi. Bas, iymon keltiring, o`zingizga yaxshi bo`ladir. Agar kufr keltirsangiz, albatta, osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Va Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.Эй одамлар! Батаҳқиқ, сизларга Роббингиздан ҳақ ила Пайғамбар келди. Бас, иймон келтиринг, ўзингизга яхши бўладир. Агар куфр келтирсангиз, албатта, осмонлару ердаги нарсалар Аллоҳникидир. Ва Аллоҳ билувчи ва ҳикматли Зотдир.Alauddin Mansour: Ey odamlar, bu paygʻambar sizlarga Parvardigoringizdan haq dinni keltirdi. Bas, iymon keltiringiz, oʻzingiz uchun yaxshi boʻlur. Agar inkor qilsanglar (oʻzingizga zarar qilasiz, xolos). Zero, Osmonlardagi bor narsa va Yerdagi bor narsa Allohnikidir. Alloh bilim va hikmat egasi boʻlgan Zotdir.Эй одамлар, бу пайғамбар сизларга Парвардигорингиздан ҳақ динни келтирди. Бас, иймон келтирингиз, ўзингиз учун яхши бўлур. Агар инкор қилсанглар (ўзингизга зарар қиласиз, холос). Зеро, Осмонлардаги бор нарса ва Ердаги бор нарса Аллоҳникидир. Аллоҳ билим ва ҳикмат эгаси бўлган Зотдир.

104-sahifa · 6-juz · 11-hizb104-саҳифа · 6-жуз · 11-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلنَّاسُodamlarодамларقَدْbatahqiqбатаҳқиқجَآءَكُمُsizlarga keldiсизларга келдиٱلرَّسُولُPaygʻambarПайғамбарبِٱلْحَقِّhaq ilaҳақ илаمِن-dan-данرَّبِّكُمْRobbingizРоббингизفَـَٔامِنُوا۟bas, iymon keltiringбас, иймон келтирингخَيْرًۭاyaxshi boʻladiяхши бўладиلَّكُمْ ۚoʻzingizgaўзингизгаوَإِنva agarва агарتَكْفُرُوا۟kufr keltirsangizкуфр келтирсангизفَإِنَّbas, zotanбас, зотанلِلَّهِAllohnikidirАллоҳникидирمَاnarsalarнарсаларفِى-dagi-дагиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَٱلْأَرْضِ ۚva yerва ерوَكَانَva erurва эрурٱللَّهُAllohАллоҳعَلِيمًاbiluvchiбилувчиحَكِيمًۭاhikmatliҳикматли
TafsirТафсир

Paygʻambarlik haqida, xususan, oxirgi Paygʻambar Muhammad sollallohu alayhi vasallam haqlarida nasorolar oʻzlaricha nima desalar, deyaversinlar. Yahudiylar nima desalar, deyaversinlar. Ammo sizlar, ey odamlar–dunyodagi barcha odamlar, hamma-hammangiz Robbingizdan haq ila kelgan Muhammad alayhissalomga iymon keltiringlar.

«Ey odamlar! Batahqiq, sizlarga Robbingizdan haq ila Paygʻambar keldi. Bas, iymon keltiring, oʻzingizga yaxshi boʻladir».

Bu Paygʻambar sizlarga ikki dunyoning saodatini taʼmin etuvchi mukammal va oxirgi dinni keltirdi. Agar unga iymon keltirsangiz, u keltirgan dinga amal qilsangiz, oʻzingizga yaxshi boʻladi, ey odamlar! Agar oʻzingizga yaxshilikni istasangiz, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga iymon keltiring.

«Agar kufr keltirsangiz, Albatta osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Va Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir».

Agar unga kufr keltiradigan boʻlsangiz, oʻzingizga zarar qilasiz. Allohga hech narsa boʻlmas. Albatta, osmonlaru yerdagi hamma narsalar uning mulkidir. U oʻz mulkida istagan tasarrufini qilur.

Kelasi oyatlarda ahli kitoblarning xato aqiydalari tuzatiladi: