QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят169

إِلَّا طَرِيقَ جَهَنَّمَ خَـٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًا ۚ وَكَانَ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Magar jahannam yo`liga (hidoyat qilur) va unda abadiy qolurlar. Bu, Alloh uchun osondir.Магар жаҳаннам йўлига (ҳидоят қилур) ва унда абадий қолурлар. Бу, Аллоҳ учун осондир.Alauddin Mansour: Magar ularni jahannam yoʻliga ravona qilur va ular u joyda abadiy qolajaklar. Bu Allohga osondir.Магар уларни жаҳаннам йўлига равона қилур ва улар у жойда абадий қолажаклар. Бу Аллоҳга осондир.

104-sahifa · 6-juz · 11-hizb104-саҳифа · 6-жуз · 11-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِلَّاmagarмагарطَرِيقَyoʻligaйўлигаجَهَنَّمَjahannamжаҳаннамخَـٰلِدِينَabadiy qoluvchilarабадий қолувчиларفِيهَآundaундаأَبَدًۭا ۚabadiyабадийوَكَانَva boʻldiва бўлдиذَٰلِكَbuбуعَلَىuchunучунٱللَّهِAllohАллоҳيَسِيرًۭاosonосон
TafsirТафсир

Aslida, kofir boʻlishlik eng katta zulmdir. Yuqoridagi oyatda «kufr keltirgan va odamlarni Allohning yoʻlidan toʻsganlar» deb sifatlangan kimsalar bu oyatda «kufr keltirganlar va zulm qilganlar» deb vasf qilinmoqda. Oʻzlari haqni inkor qilganlari yetmaganday, oʻzgalarni ham haqdan toʻsishlari, darhaqiqat, zulm ustiga zulmdir.

«Albatta, kufr keltirganlar va zulm qilganlarni Alloh zinhor magʻfirat qilmas va yoʻliga hidoyat ham qilmas».

Albatta, Alloh taolo unday kishilarning gunohlarini magʻfirat ham, oʻzlarini hidoyat ham qilmaydi-da.

«Magar jahannam yoʻliga (hidoyat qiladi)».

Ha, agar Alloh taolo ularni «hidoyat» qilsa ham, faqat bir yoʻlga– jahannam yoʻliga «hidoyat» qiladi. Ular faqat shunga loyiqdirlar.

Ular oʻzlari kirgan jahannamda hech chiqmasdan abadiy qolishga loyiqdirlar.

«...va unda abadiy qolurlar. Bu, Alloh uchun osondir».

Mazkur bayonotlardan keyin jami odamlarga umumiy nido oʻrni keldi: