QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят168

إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَظَلَمُوا۟ لَمْ يَكُنِ ٱللَّهُ لِيَغْفِرَ لَهُمْ وَلَا لِيَهْدِيَهُمْ طَرِيقًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, kufr keltirganlar va zulm qilganlarni Alloh zinhor mag`firat qilmas va yo`lga hidoyat ham qilmas.Албатта, куфр келтирганлар ва зулм қилганларни Аллоҳ зинҳор мағфират қилмас ва йўлга ҳидоят ҳам қилмас.Alauddin Mansour: Albatta, kufr yoʻliga kirib, jabru zulm qilgan kimsalarni Alloh hargiz kechirmaydi va zinhor haq yoʻlga hidoyat qilmaydi.Албатта, куфр йўлига кириб, жабру зулм қилган кимсаларни Аллоҳ ҳаргиз кечирмайди ва зинҳор ҳақ йўлга ҳидоят қилмайди.

104-sahifa · 6-juz · 11-hizb104-саҳифа · 6-жуз · 11-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَularуларكَفَرُوا۟kufr keltirdilarкуфр келтирдиларوَظَلَمُوا۟va zulm qildilarва зулм қилдиларلَمْemasэмасيَكُنِboʻlurбўлурٱللَّهُAllohАллоҳلِيَغْفِرَmagʻfirat qiluvchiмағфират қилувчиلَهُمْularniуларниوَلَاva emasва эмасلِيَهْدِيَهُمْularni hidoyat qiluvchiуларни ҳидоят қилувчиطَرِيقًاyoʻlgaйўлга
TafsirТафсир

Aslida, kofir boʻlishlik eng katta zulmdir. Yuqoridagi oyatda «kufr keltirgan va odamlarni Allohning yoʻlidan toʻsganlar» deb sifatlangan kimsalar bu oyatda «kufr keltirganlar va zulm qilganlar» deb vasf qilinmoqda. Oʻzlari haqni inkor qilganlari yetmaganday, oʻzgalarni ham haqdan toʻsishlari, darhaqiqat, zulm ustiga zulmdir.

«Albatta, kufr keltirganlar va zulm qilganlarni Alloh zinhor magʻfirat qilmas va yoʻliga hidoyat ham qilmas».

Albatta, Alloh taolo unday kishilarning gunohlarini magʻfirat ham, oʻzlarini hidoyat ham qilmaydi-da.

«Magar jahannam yoʻliga (hidoyat qiladi)».

Ha, agar Alloh taolo ularni «hidoyat» qilsa ham, faqat bir yoʻlga– jahannam yoʻliga «hidoyat» qiladi. Ular faqat shunga loyiqdirlar.

Ular oʻzlari kirgan jahannamda hech chiqmasdan abadiy qolishga loyiqdirlar.

«...va unda abadiy qolurlar. Bu, Alloh uchun osondir».

Mazkur bayonotlardan keyin jami odamlarga umumiy nido oʻrni keldi: