وَلَوْ أَنَّا كَتَبْنَا عَلَيْهِمْ أَنِ ٱقْتُلُوٓا۟ أَنفُسَكُمْ أَوِ ٱخْرُجُوا۟ مِن دِيَـٰرِكُم مَّا فَعَلُوهُ إِلَّا قَلِيلٌ مِّنْهُمْ ۖ وَلَوْ أَنَّهُمْ فَعَلُوا۟ مَا يُوعَظُونَ بِهِۦ لَكَانَ خَيْرًا لَّهُمْ وَأَشَدَّ تَثْبِيتًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Biz ularga, o`zlaringizni o`ldiring yoki o`zingizni diyorlaringizdan chiqaring, deb farz qilganimizda, ozginalaridan boshqasi buni qilmas edilar. Ular o`zlariga va'z qilingan narsalarni qilganlarida edi, o`zlariga yaxshi va sabotlari mustahkam bo`lar edi.Агар Биз уларга, ўзларингизни ўлдиринг ёки ўзингизни диёрларингиздан чиқаринг, деб фарз қилганимизда, озгиналаридан бошқаси буни қилмас эдилар. Улар ўзларига ваъз қилинган нарсаларни қилганларида эди, ўзларига яхши ва саботлари мустаҳкам бўлар эди.Alauddin Mansour: Agar Biz ularga (Bani Isroilga buyurganimiz kabi) «bir-biringizni oʻldiring va oʻz diyorlaringizdan chiqing», deb buyurganimizda edi, ulardan juda oz qismi bu buyruqni bajargan boʻlur edi. Agar ular qilingan pand-nasihatlarga amal qilganlarida, oʻzlari uchun yaxshiroq va (iymonlarini) mustahkam qilguvchiroq ish boʻlur edi.Агар Биз уларга (Бани Исроилга буюрганимиз каби) «бир-бирингизни ўлдиринг ва ўз диёрларингиздан чиқинг», деб буюрганимизда эди, улардан жуда оз қисми бу буйруқни бажарган бўлур эди. Агар улар қилинган панд-насиҳатларга амал қилганларида, ўзлари учун яхшироқ ва (иймонларини) мустаҳкам қилгувчироқ иш бўлур эди.
Doim taʼkidlanganidek, Islom dini hamma odamlar, hamma zamonlar va hamma makonlar uchun Alloh tomonidan ularni ikki dunyo baxt-saodatiga erishtirish maqsadida yuborilgandir. Shuning uchun ham, Islomning hukmlari hammabopdir. Unda insonning toqati koʻtara olmaydigan biron-bir taklif yoʻq. Insonning toqati ham, havoi nafsi ham eʼtiborga olingan. Uning butunlay yoʻldan chiqib ketmasligi nazarda tutilgan. Insonga haddan tashqa-ri ogʻir farzlarni yuklanganida edi, buni hamma ham koʻtara olmas edi. Alloh taolo buni quyidagi misol bilan anglatadi:
«Agar Biz ularga, oʻzlaringizni oʻldiring yoki oʻzingizni diyorlaringizdan chiqaring, deb farz qilganimizda, ozginalaridan boshqasi buni qilmas edilar».
Darhaqiqat, Alloh bandalarini shunday bir ishga buyurganida nima qila olar edik? Zotan, U Zot har qanday ishni amr etishga haqlidir. Chunki, yeru koʻkning, barcha mavjudotu maxluqotlarning yaratuvchisi va haqiqiy moliki Udir. U zot istaganicha tasarruf qiladi, istagan yumushiga buyuradi. Shunda juda ozgina insonlar bu amrni ado etishlari ham mumkin. Ammo aksar insonlar buni koʻtara olmas edilar va, buning ustiga, havoi nafsining ketidan yurib ketishi ehtimoli kuchli boʻlardi. Shuning uchun, Islom voqelikdan kelib chiqib, oʻz hukmlarini koʻpchilikni eʼtiborga olgan holda joriy qiladi. Binobarin, odamlar oʻzlarini har tarafga urmasdan:
«Oʻzlariga vaʼz qilingan narsalarni qilganlarida edi...»
Islomda koʻrsatilgan yoʻllanmalarni qoʻllaganlarida edi, Allohning buyurganini bajarib, qaytarganidan qaytganlarida edi, oʻzlarini yaratgan Zotning koʻrsatgan yoʻlidan yurganlarida edi:
«Oʻzlariga yaxshi va sabotlari mustahkam boʻlar edi».
Chunki, yaratgan Parvardigor ularga faqat yaxshilikni ravo koʻradi. Hech qachon bandalariga yomonlikni sogʻinmaydi. Bandalar uning aytganlarini qilganlarida, ham oʻzlariga yaxshi boʻlar, ham iymonlari sobit, mustahkam boʻlar edi. Odamlar Allohning buyruqlariga javoban Islomga toʻliq amal qilganlarida edi, Alloh taolo ularga ulugʻ ajrni–jannatni bergan boʻlur edi. Ularni hidoyatga boshlagan, toʻgʻri yoʻlga solgan boʻlur edi.