QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят65

فَلَا وَرَبِّكَ لَا يُؤْمِنُونَ حَتَّىٰ يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ لَا يَجِدُوا۟ فِىٓ أَنفُسِهِمْ حَرَجًا مِّمَّا قَضَيْتَ وَيُسَلِّمُوا۟ تَسْلِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yo`q, Robbingga qasamki, seni o`z oralarida chiqqan kelishmovchiliklarga hakam qilmagunlaricha, keyin, chiqargan hukmingga dillarida tanglik topmasdan, butunlay taslim bo`lmagunlaricha, zinhor mo`min bo`la olmaslar!Йўқ, Роббингга қасамки, сени ўз ораларида чиққан келишмовчиликларга ҳакам қилмагунларича, кейин, чиқарган ҳукмингга дилларида танглик топмасдан, бутунлай таслим бўлмагунларича, зинҳор мўмин бўла олмаслар!Alauddin Mansour: Yoʻq, Parvardigoringizga qasamki, to ular oʻz oʻrtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, toʻla taslim boʻlmagunlaricha-boʻysunmagunlaricha zinhor moʻmin boʻla olmaydilar.Йўқ, Парвардигорингизга қасамки, то улар ўз ўрталарида чиққан келишмовчиликларда сизни ҳакам қилмагунларича ва кейин сиз чиқарган ҳукмдан дилларида ҳеч қандай танглик топмай, тўла таслим бўлмагунларича-бўйсунмагунларича зинҳор мўмин бўла олмайдилар.

88-sahifa · 5-juz · 9-hizb88-саҳифа · 5-жуз · 9-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَلَاyoʻqйўқوَرَبِّكَRobbingga qasamkiРоббингга қасамкиلَاemasэмасيُؤْمِنُونَmoʻmin boʻla olurlarмўмин бўла олурларحَتَّىٰtoтоيُحَكِّمُوكَseni hakam qilmagunlarichaсени ҳакам қилмагунларичаفِيمَاnarsadaнарсадаشَجَرَkelishmovchilik chiqqanкелишмовчилик чиққанبَيْنَهُمْoʻz oralaridaўз ораларидаثُمَّkeyinкейинلَاemasэмасيَجِدُوا۟topurlarтопурларفِىٓ-da-даأَنفُسِهِمْdillariдиллариحَرَجًۭاtanglikтангликمِّمَّاnarsadanнарсаданقَضَيْتَsen hukm chiqarganсен ҳукм чиқарганوَيُسَلِّمُوا۟va taslim boʻlmagunlarichaва таслим бўлмагунларичаتَسْلِيمًۭاbutunlayбутунлай
TafsirТафсир

Demak, iymonning, moʻminlikning bir sharti–har bir narsada Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamni, yaʼni, Islom dinini hakam qilib olish zarurligidir.

«Yoʻq, Robbingga qasamki, seni oʻz oralarida chiqqan kelishmovchiliklarga hakam qilmagunlaricha», zinhor moʻmin boʻla olmaydilar.

Moʻmin-musulmonman degan odam, moʻmin-musulmonmiz degan jamiyat oʻzining har bir ishini Islomning hukmi ila olib borishi kerak. Shu bilan birga, ushbu hukmga ham ichidan toʻla rozi, ham sirtidan butunlay taslim boʻlishi kerak.

Bu narsa oyati karimada qattiq tayinlab aytilmoqda. Alloh taolo avval «Yoʻq!» deb hamma ehtimollarni rad etib olib, soʻngra «Robbingga qasamki» deb Oʻz Zoti oliysi ila qasam ichib turib, seni oʻz oralarida chiqqan kelishmovchiliklarga hakam qilmagunlaricha», zinhor moʻmin boʻla olmaydilar, demoqda. Eʼtibor berish lozimki, oyati karimada Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamni moʻminlar orasida chiqqan barcha narsalarga hakam etishlik zarurligi taʼkidlanmoqda. Namozda, roʻzada yoki ibodatda yohud diniy ishlarda deyilgani yoʻq. Demak, musulmon inson oʻz hayotining barcha sohasida Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamni, yaʼni, Islomni hakam etib olishi lozim.

«...keyin, chiqargan hukmingga dillarida tanglik topmasdan, butunlay taslim boʻlmagunlaricha, zinhor moʻmin boʻla olmaydilar!»

Bu haqiqatni Alloh taolo qasam bilan taʼkidlab aytmoqda.

Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam ham oʻz hadislaridan birida:

«Mening jonim qudrat qoʻlida boʻlgan Zot bilan qasamki, havoi nafsi men keltirgan narsaga tobeʼ boʻlmaguncha, birorta odam moʻmin boʻla olmaydi», deganlar.

Shundan kelib chiqib, Paygʻambarimiz alayhissalom vafot etganlaridan keyin baʼzi qabilalar «Biz zakotni Muhammadga berar edik, endi bermaymiz», deganlarida, hazrati Abu Bakr ularni murtad (dindan chiqqan) deb eʼlon qildilar va ularga qarshi jihod boshladilar. Iymonning haqiqiy sharti–bu, Islomning haqiqiy chegarasi–bu. Afsuski, odamlar boshqa shartlar ustida tortishib, bu shartlarni xayollariga ham keltirmay yuribdilar.

Keyingi oyatda kishilarga Alloh tomonidan taklif qilinayotgan tuzum, yuritilishi lozim boʻlgan hukmlar, berilayotgan koʻrsatmalar oson ekanligi, ularda ogʻir, bajarilishi mushkul boʻlgan ishlar yoʻqligi bayon qilinadi: