QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят10

إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ يُنَادَوْنَ لَمَقْتُ ٱللَّهِ أَكْبَرُ مِن مَّقْتِكُمْ أَنفُسَكُمْ إِذْ تُدْعَوْنَ إِلَى ٱلْإِيمَـٰنِ فَتَكْفُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, kufr keltirganlarga: «Iymonga chaqirilganingizda kufr keltirgan chog`ingizdagi Allohning g`azabi sizning o`zingizga (hozirgi) g`azabingizdan kattaroqdir», deb nido qilinur.Албатта, куфр келтирганларга: «Иймонга чақирилганингизда куфр келтирган чоғингиздаги Аллоҳнинг ғазаби сизнинг ўзингизга (ҳозирги) ғазабингиздан каттароқдир», деб нидо қилинур.Alauddin Mansour: Shubha yoʻqki, kofir boʻlgan kimsalarga (Qiyomat Kunida, doʻzaxga tashlanib, shunday azobga duchor qilgan nafslarini laʼnatlab turgan vaqtlarida): «Sizlar (hayoti dunyoda) iymonga chorlanib (iymon keltirish oʻrniga) kofir boʻlgan chogʻlaringizdagi Allohning gʻazabi-yomon koʻrishi sizlarning (bu Kundagi) oʻz nafslaringizni yomon koʻrishingizdan qattaroqdir», deb nido qilinur.Шубҳа йўқки, кофир бўлган кимсаларга (Қиёмат Кунида, дўзахга ташланиб, шундай азобга дучор қилган нафсларини лаънатлаб турган вақтларида): «Сизлар (ҳаёти дунёда) иймонга чорланиб (иймон келтириш ўрнига) кофир бўлган чоғларингиздаги Аллоҳнинг ғазаби-ёмон кўриши сизларнинг (бу Кундаги) ўз нафсларингизни ёмон кўришингиздан қаттароқдир», деб нидо қилинур.

468-sahifa · 24-juz · 47-hizb468-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَoʻshalargaўшаларгаكَفَرُوا۟kufr keltirganlargaкуфр келтирганларгаيُنَادَوْنَnido qilinurнидо қилинурلَمَقْتُalbatta, gʻazabiалбатта, ғазабиٱللَّهِAllohningАллоҳнингأَكْبَرُkattaroqdirкаттароқдирمِن-dan-данمَّقْتِكُمْsizning gʻazabingizdanсизнинг ғазабингизданأَنفُسَكُمْoʻzingizgaўзингизгаإِذْchogʻingizdaчоғингиздаتُدْعَوْنَchaqirilganingizdaчақирилганингиздаإِلَى-ga-гаٱلْإِيمَـٰنِiymongaиймонгаفَتَكْفُرُونَbas, kufr keltirar edingizбас, куфр келтирар эдингиз
TafsirТафсир

Qiyomat kuni hamma narsa ochiq-oydin boʻlib, hisob-kitob bitib, kofirlarni jahannamga kiritishga hukm chiqqanida, ular oʻzlarini oʻzlari nihoyatda yomon koʻrib ketishadi. Chunki, badbaxtlikning asosiy aybdori oʻzlari ekani ayon boʻladi. Ular oʻzlaridan ashaddiy ravishda gʻazablanib, nihoyatda nafratlanib turgan chogʻlarida bir nido qiluvchi tomonidan ularga quyidagilar aytiladi. U dunyoda:

«Iymonga chaqirilganingizda kufr keltirgan chogʻingizdagi Allohning gʻazabi sizning oʻzingizga (hozirgi) gʻazabingizdan kattaroqdir».

Hozir siz oʻzingizni oʻzingiz nihoyatda yomon koʻrib turibsiz, ammo iymonga chaqirilganingizda iymondan bosh tortib, kufrga yuz burgan edingiz. Oʻsha payt sizga qaratilgan Allohning gʻazabi, nafrati sizning hozirgi oʻzingizni yomon koʻrishingizdan katta va buyuk boʻlgan!

Iymonga kelmaganingiz uchun bugun boshingizga musiybatlar tushib, oʻzingizni yomon koʻrib turibsiz. Alloh taolo sizga baxt- saodat yoʻlini koʻrsatish uchun iymonga chaqirsa, Undan yuz oʻgirib, kufrni–badbaxtlik yoʻlini tanlaganingizda U sizdan oʻta qattiq gʻazablangan. Endi, kofirlar iltijo qiladilar: