قَالُوا۟ رَبَّنَآ أَمَتَّنَا ٱثْنَتَيْنِ وَأَحْيَيْتَنَا ٱثْنَتَيْنِ فَٱعْتَرَفْنَا بِذُنُوبِنَا فَهَلْ إِلَىٰ خُرُوجٍ مِّن سَبِيلٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Ey Robbimiz, Sen bizni ikki marta o`ldirding, ikki marta tiriltirding. Bas, biz gunohlarimizni e'tirof etdik. Endi chiqishning biron yo`li bormi?» – dedilar.Улар: «Эй Роббимиз, Сен бизни икки марта ўлдирдинг, икки марта тирилтирдинг. Бас, биз гуноҳларимизни эътироф этдик. Энди чиқишнинг бирон йўли борми?» – дедилар.Alauddin Mansour: Ular dedilar: «Parvardigoro, Sen bizlarni ikki bor oʻldirding va ikki bor tiriltirding (yaʼni, avval ona qornida oʻlik-jonsiz holda yaratib, soʻngra Oʻzing bizlarga jon-hayot ato etding. Keyin, ajalimiz yetganda, Oʻzing jonimizni olib-oʻldirib, Qiyomat Kunida yana tiriltirding). Bas, bizlar (hayot dunyoda qilib oʻtgan barcha) gunohlarimizni eʼtirof etdik. Endi (bu doʻzax azobidan) chiqishning biron yoʻli bormi?»Улар дедилар: «Парвардигоро, Сен бизларни икки бор ўлдирдинг ва икки бор тирилтирдинг (яъни, аввал она қорнида ўлик-жонсиз ҳолда яратиб, сўнгра Ўзинг бизларга жон-ҳаёт ато этдинг. Кейин, ажалимиз етганда, Ўзинг жонимизни олиб-ўлдириб, Қиёмат Кунида яна тирилтирдинг). Бас, бизлар (ҳаёт дунёда қилиб ўтган барча) гуноҳларимизни эътироф этдик. Энди (бу дўзах азобидан) чиқишнинг бирон йўли борми?»
Kofirlar hamma narsani vaqt oʻtgandan keyin eʼtirof qiladilar. Mana, hozir ham vaqt oʻtib, boʻlar ish boʻlib boʻlganidan keyin, barcha narsalarni, jumladan Alloh taoloning Robb ekanini eʼtirof etib, U zotga nido qilmoqdalar: «Ey Robbimiz, Sen bizni ikki marta oʻldirding...» Ular ona qornida ruh kirgunicha jonsiz holda yotganlarini va yorugʻ dunyoda oʻlib, koʻmilganlarini ikki marta oʻlish demoqdalar. «... ikki marta tiriltirding.» Onaning qornida bir marta va qiyomat kuni ikkinchi marta tiriltirding. «Bas, biz gunohlarimizni eʼtirof etdik.» Sening har bir narsaga qodir ekaningni ham eʼtirof qildik. «Endi chiqishning biron yoʻli bormi?» Bu jahannamdan, azobdan chiqishning biron yoʻli bormi? Ularga bunday javob beriladi: