ذَٰلِكُم بِأَنَّهُۥٓ إِذَا دُعِىَ ٱللَّهُ وَحْدَهُۥ كَفَرْتُمْ ۖ وَإِن يُشْرَكْ بِهِۦ تُؤْمِنُوا۟ ۚ فَٱلْحُكْمُ لِلَّهِ ٱلْعَلِىِّ ٱلْكَبِيرِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bunday bo`lishingiz Allohning yolg`iz O`ziga da'vat qilinganida, kufr keltirganingiz, Unga shirk keltirilsa, iymon keltirganingiz uchundir. Bas, hukm oliy va ulug` Allohnikidir.Бундай бўлишингиз Аллоҳнинг ёлғиз Ўзига даъват қилинганида, куфр келтирганингиз, Унга ширк келтирилса, иймон келтирганингиз учундир. Бас, ҳукм олий ва улуғ Аллоҳникидир.Alauddin Mansour: (Yoʻq, sizlar mana shu azobda mangu qolursizlar). Bunga sabab, qachon (sizlarni) yolgʻiz Allohgagina (ibodat qilishga) daʼvat qilinganida, kofir boʻlib-boʻyinsunmay, agar U zotga shirk keltirilsa (yaʼni, turli but-sanamlarga sigʻinishga chorlaganda), iymon keltirishlaringizdir. Bas, barcha hukm yuksak va ulugʻ Allohnikidir.(Йўқ, сизлар мана шу азобда мангу қолурсизлар). Бунга сабаб, қачон (сизларни) ёлғиз Аллоҳгагина (ибодат қилишга) даъват қилинганида, кофир бўлиб-бўйинсунмай, агар У зотга ширк келтирилса (яъни, турли бут-санамларга сиғинишга чорлаганда), иймон келтиришларингиздир. Бас, барча ҳукм юксак ва улуғ Аллоҳникидир.
Yaʼni, chiqishning hech bir yoʻli yoʻq. Sizning:
«Bunday boʻlishingiz...» bugungi qiyomat kunida bunday ayanchli holga tushib qolishingiz, chiqishga hech bir yoʻl yoʻq jahannamga kirib qolishingiz:
«Allohning yolgʻiz Oʻziga daʼvat qilinganida, kufr keltirganingiz» uchundir.
Agar Allohning yolgʻiz Oʻziga daʼvat etilganida, Unga iymon keltirib, tavhidga amal qilganingizda, bunday ahvolga tushmas edingiz.
Bugungi qiyomat kunida bunday ayanchli holga tushib qolishingiz:
«Unga shirk keltirilsa, iymon keltirganingiz uchundir».
Allohga turli narsalar sherik qilinganida, oʻshalarga iymon keltirib, mushrik boʻlganingiz uchundir. Agar oʻsha narsalarga iymon keltirmasdan, Allohga mushrik boʻlmaganingizda, bunday ahvolga tushmas edingiz.
«Bas, hukm oliy va ulugʻ Allohnikidir.»
Bas, endi bugungi kunda bor hukm barchadan oliy va ulugʻ boʻlgan Allohning yolgʻiz Oʻzinikidir.