QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят13

هُوَ ٱلَّذِى يُرِيكُمْ ءَايَـٰتِهِۦ وَيُنَزِّلُ لَكُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ رِزْقًا ۚ وَمَا يَتَذَكَّرُ إِلَّا مَن يُنِيبُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uning O`zi sizga oyat (belgi)larini ko`rsatadigan, osmondan sizga rizq tushiradigan Zotdir. Faqat qaytadigan kishigina anglar.Унинг Ўзи сизга оят (белги)ларини кўрсатадиган, осмондан сизга ризқ туширадиган Зотдир. Фақат қайтадиган кишигина англар.Alauddin Mansour: U zot sizlarga Oʻz oyatlarini (yaʼni, Oʻzining borligi va birligiga dalolat qiladigan alomatlarni) koʻrgizur va sizlarga osmondan rizqu roʻz yogʻdirur. (Lekin bu oyat-alomatlardan) faqat (Allohga) inobat-iltijo qiladigan kishigina eslatma-ibrat olur.У зот сизларга Ўз оятларини (яъни, Ўзининг борлиги ва бирлигига далолат қиладиган аломатларни) кўргизур ва сизларга осмондан ризқу рўз ёғдирур. (Лекин бу оят-аломатлардан) фақат (Аллоҳга) инобат-илтижо қиладиган кишигина эслатма-ибрат олур.

468-sahifa · 24-juz · 47-hizb468-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
هُوَUning OʻziУнинг Ўзиٱلَّذِىoʻsha zotkiўша зоткиيُرِيكُمْsizga koʻrsatadiganсизга кўрсатадиганءَايَـٰتِهِۦoyat-belgilariniоят-белгилариниوَيُنَزِّلُva tushiradiganва туширадиганلَكُمsizgaсизгаمِّنَ-dan-данٱلسَّمَآءِosmondanосмонданرِزْقًۭا ۚrizqризқوَمَاva emasва эмасيَتَذَكَّرُanglarангларإِلَّاfaqatфақатمَنkishiginaкишигинаيُنِيبُqaytadiganқайтадиган
TafsirТафсир

Alloh taolo sizga Oʻzining biru borligiga, cheksiz qudratiga dalolat qiluvchi turli oyat-belgilarni koʻrsatadigan zotdir. Ularni koʻrib, ibrat olmogʻingiz lozim.

Alloh taolo sizga osmondan rizq tushiradigan zotdir. Yaʼni, yomgʻir, qor, quyosh yogʻdusi, oy nuri, rizq-roʻzga sabab boʻladigan turli moddalarni tushiradi. Bundan ham ibrat olmogʻingiz lozim. Ammo buni:

«Faqat qaytadigan kishigina anglar».

Har bir narsada Allohga qaytadigan, tavba qiladigan, koʻrganbilganidan vaʼz-nasihat oladigan kishilargina anglab yetadilar.