فَٱدْعُوا۟ ٱللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ وَلَوْ كَرِهَ ٱلْكَـٰفِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, agar kofirlar yoqtirmasalar ham, Allohga dinni xolis qilgan holingizda yolvoring.Бас, агар кофирлар ёқтирмасалар ҳам, Аллоҳга динни холис қилган ҳолингизда ёлворинг.Alauddin Mansour: Bas, (ey moʻminlar), garchi kofirlar yomon koʻrsalar-da, Allohga — U zot uchun dinni xolis qilgan holingizda duo-iltijo qilingiz!Бас, (эй мўминлар), гарчи кофирлар ёмон кўрсалар-да, Аллоҳга — У зот учун динни холис қилган ҳолингизда дуо-илтижо қилингиз!
Moʻmin kishi doimo Alloh taoloning xolis Oʻziga ixlos bilan ibodat etishi, duo va iltijo qilishi, yolborishi lozim. Bu ishlarda boshqa birovlarning munosabatiga eʼtibor bermaslik kerak. Shuning uchun ham, oyatda «agar kofirlar yoqtirmasalar ham», degan jumla ishlatilmoqda. Kofirlarga yoqmas ekan, deb Allohning yolgʻiz Oʻziga dinni xolis qilib yolborishdan, ibodat qilishdan, Uning yoʻliga yurishdan tislanmaslik kerak.