QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят15

رَفِيعُ ٱلدَّرَجَـٰتِ ذُو ٱلْعَرْشِ يُلْقِى ٱلرُّوحَ مِنْ أَمْرِهِۦ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ لِيُنذِرَ يَوْمَ ٱلتَّلَاقِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, darajasi yuksak, Arsh egasi bo`lgan Zotdir. U, O`z amri ila bandalaridan kimni xohlasa, o`shanga muloqot kunidan ogohlantirishi uchun ruhni tushirur.У, даражаси юксак, Арш эгаси бўлган Зотдир. У, Ўз амри ила бандаларидан кимни хоҳласа, ўшанга мулоқот кунидан огоҳлантириши учун руҳни туширур.Alauddin Mansour: U yuksak martabalidir, Arsh Sohibidir, U Oʻz amri bilan bandalaridan Oʻzi xohlagan kishilarga — toki u (insonlarni) muloqot Kunidan (yaʼni, Qiyomatdan) ogohlantirish uchun — vahiy tushirar.У юксак мартабалидир, Арш Соҳибидир, У Ўз амри билан бандаларидан Ўзи хоҳлаган кишиларга — токи у (инсонларни) мулоқот Кунидан (яъни, Қиёматдан) огоҳлантириш учун — ваҳий туширар.

468-sahifa · 24-juz · 47-hizb468-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
رَفِيعُyuksakюксакٱلدَّرَجَـٰتِdarajasiдаражасиذُوegasiэгасиٱلْعَرْشِArshАршيُلْقِىtushirurтуширурٱلرُّوحَruhniруҳниمِنْ-dan-данأَمْرِهِۦOʻz amri ilaЎз амри илаعَلَىٰustigaустигаمَنkimniкимниيَشَآءُxohlasaхоҳласаمِنْ-dan-данعِبَادِهِۦbandalaridanбандалариданلِيُنذِرَogohlantirishi uchunогоҳлантириши учунيَوْمَkunidanкуниданٱلتَّلَاقِmuloqotмулоқот
TafsirТафсир

Alloh taolo darajasi yuksak zotdir. Uning darajasiga yaqin keladigan hech bir zot yoʻqdir. Alloh taolo Arsh egasidir. Shuning uchun, hammadan ustun va hammaga hukmini oʻtkazuvchidir. U zot nimani xohlasa, shuni qiladi. Uning xohishiga hech kim toʻsiq boʻla olmaydi.

«U, Oʻz amri ila bandalaridan kimni xohlasa, oʻshanga muloqot kunidan ogohlantirishi uchun ruhni tushirur.»

Muloqot (uchrashuv) kunidan murod qiyomatdir. Ruhdan murod esa, vahiy va uni olib keluvchi farishtadir. Darajasi yuksak, Arshga ega boʻlgan, xohlagan ishini qiladigan Alloh taolo Oʻzi istagan bandasini Paygʻambar qilib, tanlab oladi. Oʻsha bandaga ruhni–vahiyni tushiradi. Ushbu oyatda vahiyning «ruh» deb atalishi ulkan maʼno kasb etadi. Allohdan kelgan vahiy va taʼlimotlar bandalar uchun maʼnaviy ruh–jondir. Ana oʻsha vahiyga ergashganlargina oʻzlarini maʼnaviy jihatdan jonlilar deb hisoblashlari mumkin. Allohdan tushirilgan ruhga–vahiyga ergashmaganlar esa, maʼnaviy jihatdan oʻliklardir.

Shu bilan birga, oyatda vahiyni tushirishdan asosiy maqsad ham

«muloqot kunidan ogohlantirish uchun» ekani bayon qilinmoqda. Demak, vahiy tushirishning asosiy maqsadlaridan biri odamlarni qiyomat kunidan ogohlantirish, unga tayyorgarlik koʻrishga chaqirishdir.