QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят16

يَوْمَ هُم بَـٰرِزُونَ ۖ لَا يَخْفَىٰ عَلَى ٱللَّهِ مِنْهُمْ شَىْءٌ ۚ لِّمَنِ ٱلْمُلْكُ ٱلْيَوْمَ ۖ لِلَّهِ ٱلْوَٰحِدِ ٱلْقَهَّارِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`sha kunda ular zohir bo`lurlar. Allohga ulardan biron narsa maxfiy qolmas. Bugun mulk kimnikidir?! Yakkayu yolg`iz, Qahhor Allohnikidir!Ўша кунда улар зоҳир бўлурлар. Аллоҳга улардан бирон нарса махфий қолмас. Бугун мулк кимникидир?! Яккаю ёлғиз, Қаҳҳор Аллоҳникидир!Alauddin Mansour: Ular (qabrlaridan) chiqadigan Kunda Allohga ular(ning qilib oʻtgan amallari)dan biron narsa maxfiy boʻlib qolmas. Bu Kunda podshohlik kimnikidir? Yakkayu yagona gʻolib Zot — Allohnikidir!Улар (қабрларидан) чиқадиган Кунда Аллоҳга улар(нинг қилиб ўтган амаллари)дан бирон нарса махфий бўлиб қолмас. Бу Кунда подшоҳлик кимникидир? Яккаю ягона ғолиб Зот — Аллоҳникидир!

468-sahifa · 24-juz · 47-hizb468-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَوْمَoʻsha kundaўша кундаهُمularуларبَـٰرِزُونَ ۖzohir boʻlurlarзоҳир бўлурларلَاemasэмасيَخْفَىٰmaxfiy qolurмахфий қолурعَلَى-ga-гаٱللَّهِAllohgaАллоҳгаمِنْهُمْulardanуларданشَىْءٌۭ ۚbiron narsaбирон нарсаلِّمَنِkimnikidirкимникидирٱلْمُلْكُmulkмулкٱلْيَوْمَ ۖbugunбугунلِلَّهِAllohnikidirАллоҳникидирٱلْوَٰحِدِyakkayu yolgʻizяккаю ёлғизٱلْقَهَّارِoʻta qahrliўта қаҳрли
TafsirТафсир

Qiyomat kunida odamlar koʻmilib yotgan joylaridan chiqib, zohir boʻlib, koʻrinish beradilar. «Allohga ulardan biron narsa maxfiy qolmas.» Bandalaridan sodir boʻlgan biron narsa Alloh taologa maxfiy qolmaydi, ammo bu haqiqatni qiyomat kuni haqida alohida takror aytishdan maqsad kofir, munofiq va osiylar, qilgan ishlarimiz toʻpolonning ichida maxfiy qolsa, ajab emas, degan oʻyda boʻlsalar, oʻsha xayolni koʻtarish uchundir. Ana oʻsha paytda hammaning ustida quyidagi savol yangraydi: «Bugun mulk kimnikidir?!» Qiyomat kunidagi mulk, podshohlik, hokimlik kimnikidir?! Savol bergan ovozning oʻzi javob beradi. «Yakkayu yolgʻiz, Qahhor Allohnikidir!» Qahhor, yaʼni oʻta qudratli, beqiyos kuchli, bemisl qudrati ila butun borliqni qatʼiyat ila idora qiluvchi Allohnikidir. U zotning Oʻzigina bugun podshohlik qiladi. U zot kufr va shirk keltirganlar uchun, munofiq va osiy boʻlganlar uchun oʻta qahrlidir.