QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят23

وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مُوسَىٰ بِـَٔايَـٰتِنَا وَسُلْطَـٰنٍ مُّبِينٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz Musoni O`z oyatlarimiz va ochiq hujjat ila yubordik:Батаҳқиқ, Биз Мусони Ўз оятларимиз ва очиқ ҳужжат ила юбордик:Alauddin Mansour: Aniqki, Biz Musoni Oʻz oyat-moʻʼjizalarimiz va ochiq hujjat bilan yubordik,Аниқки, Биз Мусони Ўз оят-мўъжизаларимиз ва очиқ ҳужжат билан юбордик,

469-sahifa · 24-juz · 47-hizb469-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқأَرْسَلْنَاBiz yubordikБиз юбордикمُوسَىٰMusoniМусониبِـَٔايَـٰتِنَاOʻz oyatlarimiz ilaЎз оятларимиз илаوَسُلْطَـٰنٍۢva hujjat ilaва ҳужжат илаمُّبِينٍochiqочиқ
TafsirТафсир

Alloh taolo Oʻz Paygʻambarlaridan boʻlmish Muso alayhissalomni Misr yurtiga ochiq hujjat bilan yuborgan edi. Oyatda oʻsha yurtga boshliq boʻlib turgan uch shaxsning nomi tilga olinmoqda. Garchi Muso alayhissalom koʻpchilikka Paygʻambar qilib yuborilgan boʻlsalar ham,

«Firʼavnga, Homonga va Qorunga yubordik», deyilmoqda.

Chunki, oʻsha jamiyatga oʻshalar yetakchi edilar. Butun xalq Firʼavn, Homon va Qorun koʻrsatgan yoʻlga yurgani tarixdan maʼlum.

Firʼavn–oʻz fikri va hukmini xalqqa majburan oʻtkazadigan, hozirgi zamon tili bilan aytganda, yakkahokimlikka oʻrgangan mustabid hukmdor timsolidir. U, yer yuzida Allohning hukmini emas, oʻzining hukmini yuritishga urinadi.

Homon–oʻzini Xudoning oʻrniga qoʻygan oʻsha zolim podshohning xohishi boʻyicha ish yurituvchi, unga xalqni ezishda oʻng qoʻl vazifasini oʻtovchi gumashta vazir timsolidir.

Qorun esa, siyosiy istibdod soyasida iqtisodiy jihatdan xalqning yelkasiga minib olgan boylar timsoli. Ularning hammasi oʻz qoʻlidagi hukm, siyosat, askar va molu mulkni ishga solib, xalqning nomidan gapiradi, xalqning nomidan javob beradi, tasarruf qiladi. Hatto, eʼtiqod masalasida, Allohga ishonish, iymon keltirish masalasida ham, bizning aytganimiz boʻladi, deydilar. Shuning uchun ham, oyatda Muso alayhissalom xuddi oʻsha uch kishiga yuborilgandek vasf qilinmoqda:

«Batahqiq, Biz Musoni Oʻz oyatlarimiz va ochiq hujjat ila yubordik: Firʼavnga, Homonga va Qorunga».

Muso alayhissalom ularga Paygʻambarliklarini tasdiqlovchi Alloh tomonidan berilgan oyat-moʻʼjizalar va ochiq-oydin hujjat bilan bordilar. Ammo, oʻsha oyatlar va ochiq-oydin hujjatni koʻrib-bilib turib ham, Firʼavn, Homon va Qorun iymon keltirishmadi.

«Bas, ular: «(Bu) sehrgar va kazzob», dedilar.»

Ular Muso alayhissalom koʻrsatgan moʻʼjizalarni sehr, u zotning oʻzini esa, sehrgar, deyishdi. Ular Musoning, men Paygʻambar boʻlib keldim, degan gaplarini yolgʻon, oʻzini esa, kazzob–oʻta yolgʻonchi, deyishdi.