QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят22

ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ كَانَت تَّأْتِيهِمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَـٰتِ فَكَفَرُوا۟ فَأَخَذَهُمُ ٱللَّهُ ۚ إِنَّهُۥ قَوِىٌّ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bunday bo`lishining sababi shuki, ularga Payg`ambarlari aniq hujjatlar bilan kelar edilar, ular esa, kufr keltirdilar. Bas, Alloh ularni tutdi. Albatta, U kuchli va iqobi shiddatli Zotdir.Бундай бўлишининг сабаби шуки, уларга Пайғамбарлари аниқ ҳужжатлар билан келар эдилар, улар эса, куфр келтирдилар. Бас, Аллоҳ уларни тутди. Албатта, У кучли ва иқоби шиддатли Зотдир.Alauddin Mansour: Bunga sabab — ularga paygʻambarlari aniq hujjatlar keltirganlarida, ular kofir boʻldilar. Bas, Alloh ularni ushladi — halok qildi. Zero, U quvvat Egasi va azobi qattiqdir.Бунга сабаб — уларга пайғамбарлари аниқ ҳужжатлар келтирганларида, улар кофир бўлдилар. Бас, Аллоҳ уларни ушлади — ҳалок қилди. Зеро, У қувват Эгаси ва азоби қаттиқдир.

469-sahifa · 24-juz · 47-hizb469-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ذَٰلِكَbunday boʻlishiбундай бўлишиبِأَنَّهُمْshu sababdirki, ularшу сабабдирки, уларكَانَتediэдиتَّأْتِيهِمْularga kelarуларга келарرُسُلُهُمPaygʻambarlariПайғамбарлариبِٱلْبَيِّنَـٰتِochiq hujjatlar ilaочиқ ҳужжатлар илаفَكَفَرُوا۟bas, kufr keltirdilarбас, куфр келтирдиларفَأَخَذَهُمُbas, ularni tutdiбас, уларни тутдиٱللَّهُ ۚAllohАллоҳإِنَّهُۥalbatta, Uалбатта, Уقَوِىٌّۭkuchliкучлиشَدِيدُshiddatliшиддатлиٱلْعِقَابِiqobiиқоби
TafsirТафсир

Boʻlgan ishning bori shu. Boshqa gap yoʻq. Alloh tomonidan Paygʻambarlar aniq hujjatlar bilan kelishgan. Bir guruh odamlar ularga ishonmagan. Alloh taolo oʻsha kufr keltirganlarni gunohlari tufayli halok etgan.

«Bunday boʻlishining sababi shuki, ularga Paygʻambarlari aniq hujjatlar bilan kelar edilar, ular esa, kufr keltirdilar. Bas, Alloh ularni tutdi.»

Dunyoning qayeriga borilsa, mana shu oqibat koʻriladi, bilinadi. Dunyo tarixida Paygʻambarga kufr keltirgan hech bir qavm halokatga uchramay qolmagan. Hamma kofirlar albatta halokatga uchraganlar. Chunki, ular oʻz kufrlari bilan Allohga qarshi chiqqanlar.

«Albatta, U kuchli va iqobi shiddatli zotdir.»

Alloh hammadan kuchli boʻlgani uchun, kofirlarni doimo halok qiladi va ularni shiddatli iqobga duchor etadi.

Endi keladigan oyatlarda oʻsha oʻtganlardan bir misol keltiriladi: