۞ أَوَلَمْ يَسِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَيَنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَـٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ كَانُوا۟ مِن قَبْلِهِمْ ۚ كَانُوا۟ هُمْ أَشَدَّ مِنْهُمْ قُوَّةً وَءَاثَارًا فِى ٱلْأَرْضِ فَأَخَذَهُمُ ٱللَّهُ بِذُنُوبِهِمْ وَمَا كَانَ لَهُم مِّنَ ٱللَّهِ مِن وَاقٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Axir, ular yer yuzida yurib, o`zlaridan oldin o`tganlarning oqibati qanday bo`lganiga nazar solmaydilarmi?! Holbuki, o`shalar ulardan ko`ra quvvatliroq va yer yuzida asarlari ko`proq bo`lgan edilar. Bas, Alloh o`shalarni gunohlari sababli tutdi. Ularga Allohdan o`zga bir saqlovchi bo`lmadi.Ахир, улар ер юзида юриб, ўзларидан олдин ўтганларнинг оқибати қандай бўлганига назар солмайдиларми?! Ҳолбуки, ўшалар улардан кўра қувватлироқ ва ер юзида асарлари кўпроқ бўлган эдилар. Бас, Аллоҳ ўшаларни гуноҳлари сабабли тутди. Уларга Аллоҳдан ўзга бир сақловчи бўлмади.Alauddin Mansour: Axir ular Yer yuzida sayru-sayohat qilishib, oʻzlaridan avval oʻtgan, (oʻz paygʻambarlarini yolgʻonchi qilib, iymonsiz ketgan) kimsalarning oqibatlari qanday boʻlganini (ular qanday qismatga yoʻliqishganini) koʻrsalar boʻlmaydimi?! Ular (Makka mushriklaridan) koʻra kuch-quvvat va yerdagi osori atiqalari jihatidan zoʻrroq edilar. Bas, Alloh ularni gunohlari sababli ushladi — halok qildi va ular uchun Allohdan oʻzga biron saqlovchi boʻlmadi.Ахир улар Ер юзида сайру-саёҳат қилишиб, ўзларидан аввал ўтган, (ўз пайғамбарларини ёлғончи қилиб, иймонсиз кетган) кимсаларнинг оқибатлари қандай бўлганини (улар қандай қисматга йўлиқишганини) кўрсалар бўлмайдими?! Улар (Макка мушрикларидан) кўра куч-қувват ва ердаги осори атиқалари жиҳатидан зўрроқ эдилар. Бас, Аллоҳ уларни гуноҳлари сабабли ушлади — ҳалок қилди ва улар учун Аллоҳдан ўзга бирон сақловчи бўлмади.
Kofirlarning eng katta xatolari oʻzlaridan oldin oʻtganlardan ibrat olmasliklaridir. Ular avvalgilarning tarixiga, oqibati nima boʻlganiga eʼtibor bermaydilar, eʼtibor bersalar ham, ibrat olmaydilar. Avval oʻtganlarning halokatiga sabab boʻlgan xatolarni yana aynan takrorlayveradilar. Agar avval oʻtganlarning tarixini yaxshi oʻrgansalar, ularning oqibatlaridan ibratlansalar, darhol oʻzlarini oʻnglab olgan boʻlar edilar. Qurʼoni Karim shuning uchun ham koʻpgina oyatlarda takror-takror shu masalani qoʻzgʻaydi.
«Axir, ular yer yuzida yurib, oʻzlaridan oldin oʻtganlarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solmaydilarmi?!»
Nima uchun kofirlar insoniyat tarixidan, oʻtganlarning tajribasidan ibrat olmaydilar? Nima uchun kofirlar yer yuzida yurib, oʻtganlarning oqibatlarini oʻrganmaydilar?! Agar yer yuzida yurib, oʻzlaridan avval oʻtganlarning oqibatiga nazar solganlarida, quyidagilarni bilib olar edilar:
«Holbuki, oʻshalar ulardan koʻra quvvatliroq va yer yuzida asarlari koʻproq boʻlgan edilar».
Oʻtgan ummatlar hozirgi mushriklardan koʻra quvvatliroq boʻlgan edi. Dunyoni larzaga solgan imperiyalarni bunyod etgan edilar. Oʻtgan ummatlarning yer yuzidagi asarlari ham hozirgilarnikidan koʻproq boʻlgan. Ularda fan, madaniyat, obodonchilik kabi sohalar yaxshi rivojlanib, oʻz asarlarini qoldirgan.
«Bas, Alloh oʻshalarni gunohlari sababli tutdi.»
Gunoh qilganlari uchun halok etdi. Ularning quvvatlari ham, asarlari ham foyda bermadi.
«Ularga Allohdan oʻzga bir saqlovchi boʻlmadi.»
Alloh halok qilganidan keyin ularni kim ham saqlay olardi?!