وَٱللَّهُ يَقْضِى بِٱلْحَقِّ ۖ وَٱلَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِهِۦ لَا يَقْضُونَ بِشَىْءٍ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْبَصِيرُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh haq ila hukm qilur. Undan o`zga iltijo qilayotganlari esa, hech narsa bilan hukm qilmaslar. Albatta, Allohning O`zi o`ta eshitguvchi va o`ta ko`rguvchi Zotdir.Аллоҳ ҳақ ила ҳукм қилур. Ундан ўзга илтижо қилаётганлари эса, ҳеч нарса билан ҳукм қилмаслар. Албатта, Аллоҳнинг Ўзи ўта эшитгувчи ва ўта кўргувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Alloh haq (hukm) bilan hukm qilur. Ular (Allohni), qoʻyib duo iltijo qilayotgan butlari esa biron narsaga hukm chiqara olmaslar. Albatta Allohning Oʻzigina eshitguvchi va koʻrib turguvchi Zotdir.Аллоҳ ҳақ (ҳукм) билан ҳукм қилур. Улар (Аллоҳни), қўйиб дуо илтижо қилаётган бутлари эса бирон нарсага ҳукм чиқара олмаслар. Албатта Аллоҳнинг Ўзигина эшитгувчи ва кўриб тургувчи Зотдир.
Allohning koʻrsatgan yoʻliga yurmay, boshqa taʼlimotlarga oʻzini urayotganlar nima qilmoqchilar? Allohning hukmini tark etib, boshqa hukmni joriy etishga urinayotganlar nima qilmoqchilar?! Bir solishtirib koʻrsalar boʻlmaydimi?!
«Alloh haq ila hukm qilur.»
Faqat Alloh taologina toʻliq adolat ila hukm qiladi. Dunyoda U zotning hukmidan boshqa adolatli hukm yoʻq.
«Undan oʻzga iltijo qilayotganlari esa, hech narsa bilan hukm qilmaslar.»
Allohdan oʻzga narsalar, jumladan, mushriklar iltijo etayotgan but-sanamlar hech narsa bilan hukm qila olmaydilar. Agar maqsad adolat oʻrnatish boʻlsa, nima uchun eng odil hukm turib, boshqa hukmni axtarishadi?!
«Albatta, Allohning Oʻzi oʻta eshitguvchi va oʻta koʻrguvchi zotdir.»
Ana shu asosida adolat ila hukm qiladi. Undan boshqa hech bir zot Uningchalik koʻrib, eshita olmaydi. Binobarin, adolat ila hukm ham qila olmaydi.
Kofir va mushriklar Alloh taologa kufr va shirk keltirishdan oldin atrofga nazar solib, oʻylab koʻrsalar, boʻlmaydimi?