يَعْلَمُ خَآئِنَةَ ٱلْأَعْيُنِ وَمَا تُخْفِى ٱلصُّدُورُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot ko`zlarning xiyonatini ham, dillar maxfiy tutgan narsalarni ham bilur.У зот кўзларнинг хиёнатини ҳам, диллар махфий тутган нарсаларни ҳам билур.Alauddin Mansour: (Alloh) koʻzlarning xiyonatini (yaʼni, qarash harom qilingan narsaga oʻgʻrincha koʻz tashlashni) ham, dillar yashiradigan narsalarni ham bilur.(Аллоҳ) кўзларнинг хиёнатини (яъни, қараш ҳаром қилинган нарсага ўғринча кўз ташлашни) ҳам, диллар яширадиган нарсаларни ҳам билур.
Alloh taolo bilmaydigan hech narsa yoʻq. U zot hamma narsani biladi. Hattoki:
«U zot koʻzlarning xiyonatini ham...» biladi.
Yaʼni, kimningdir birovga bildirmasdan, oʻgʻrincha koʻz qiri tashlaganini ham biladi, hisobga olib qoʻyadi. U zot:
«...dillar maxfiy tutgan narsalarni ham bilur».
Hech kimga bildirmasdan, dilda tugib qoʻyilgan narsalarni ham Alloh taolo juda yaxshi biladi. Shunday boʻlganidan keyin, boshqa narsalarni bilishida hech shak-shubha yoʻqdir. Odamlar Undan ogoh boʻlsinlar.