QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят18

وَأَنذِرْهُمْ يَوْمَ ٱلْـَٔازِفَةِ إِذِ ٱلْقُلُوبُ لَدَى ٱلْحَنَاجِرِ كَـٰظِمِينَ ۚ مَا لِلظَّـٰلِمِينَ مِنْ حَمِيمٍ وَلَا شَفِيعٍ يُطَاعُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen ularni yaqinlashguvchi Kundan ogohlantir. O`shanda jonlar xalqumga kelib, g`am-g`ussaga to`lib turarlar. Zolimlar uchun hech bir do`st ham, itoat qilinadigan shafoatchi ham yo`q.Сен уларни яқинлашгувчи Кундан огоҳлантир. Ўшанда жонлар халқумга келиб, ғам-ғуссага тўлиб турарлар. Золимлар учун ҳеч бир дўст ҳам, итоат қилинадиган шафоатчи ҳам йўқ.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz ularni yaqin Kundan (yaʼni, Qiyomatdan) ogohlantiring! Oʻshanda ular yuraklari halqumlariga tiqilib, (oʻzlari) gʻam-hasratga toʻlib tururlar. Zolim kofir kimsalar uchun (u Kunda) na bir doʻst va na itoat qilinadigan (yaʼni, shafoati qabul qilinadigan) oqlovchi boʻlmas.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиз уларни яқин Кундан (яъни, Қиёматдан) огоҳлантиринг! Ўшанда улар юраклари ҳалқумларига тиқилиб, (ўзлари) ғам-ҳасратга тўлиб турурлар. Золим кофир кимсалар учун (у Кунда) на бир дўст ва на итоат қилинадиган (яъни, шафоати қабул қилинадиган) оқловчи бўлмас.

469-sahifa · 24-juz · 47-hizb469-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَنذِرْهُمْva sen ularni ogohlantirва сен уларни огоҳлантирيَوْمَkundanкунданٱلْـَٔازِفَةِyaqinlashguvchiяқинлашгувчиإِذِoʻshandaўшандаٱلْقُلُوبُjonlar (dillar)жонлар (диллар)لَدَى-da-даٱلْحَنَاجِرِxalqumga kelibхалқумга келибكَـٰظِمِينَ ۚgʻam-gʻussaga toʻlib turarlarғам-ғуссага тўлиб турарларمَاyoʻqйўқلِلظَّـٰلِمِينَzolimlar uchunзолимлар учунمِنْhech birҳеч бирحَمِيمٍۢdoʻstдўстوَلَاva yoʻqва йўқشَفِيعٍۢshafoatchiшафоатчиيُطَاعُitoat qilinadiganитоат қилинадиган
TafsirТафсир

Ey Paygʻambar, sen oʻzingga tushirilgan vahiyni odamlarga yetkaz.

«Sen ularni yaqinlashguvchi kundan ogohlantir.»

«Yaqinlashguvchi kun» qiyomat kunidir. U shoshilib kelguvchi kundir. U hademay kelib qoladi. Koʻzni yumib ochguncha roʻy beradi. Odamlar oʻsha kundan ogoh boʻlsinlar. U kun ogʻir kun boʻladi.

«Oʻshanda jonlar xalqumga kelib, gʻam-gʻussaga toʻlib turarlar.»

Qiyomat kuni oʻta dahshatli boʻlganidan, hammaning joni halqumiga kelib, koʻziga hech narsa koʻrinmay qoladi. U kundagi azob- uqubatlarni, boʻlayotgan hodisalarni koʻrib, har bir odam gʻam- gʻussaga koʻmilib ketadi. Oʻsha kunda:

«Zolimlar uchun hech bir doʻst ham, itoat qilinadigan shafoatchi ham yoʻq».

Hayoti dunyoda kufr va shirk ila zulmga yurgan kishilar uchun yonini oladigan doʻst ham, gapiga quloq solinadigan eʼtiborli shafoatchi ham boʻlmaydi.