QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят26

وَقَالَ فِرْعَوْنُ ذَرُونِىٓ أَقْتُلْ مُوسَىٰ وَلْيَدْعُ رَبَّهُۥٓ ۖ إِنِّىٓ أَخَافُ أَن يُبَدِّلَ دِينَكُمْ أَوْ أَن يُظْهِرَ فِى ٱلْأَرْضِ ٱلْفَسَادَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Fir'avn: «Meni qo`yinglar, Musoni o`ldiray. Mayli, Robbiga duo qilsin. Albatta, men uning diningizni almashtirishidan va yer yuzida fasod chiqarishidan qo`rqmoqdaman», dedi.Фиръавн: «Мени қўйинглар, Мусони ўлдирай. Майли, Роббига дуо қилсин. Албатта, мен унинг динингизни алмаштиришидан ва ер юзида фасод чиқаришидан қўрқмоқдаман», деди.Alauddin Mansour: Firʼavn dedi: «Meni qoʻyinglar, Musoni oʻldiray. (Qani) u Parvardigoriga duo-iltijo qilsin-chi, unga najot berarmikan. Darhaqiqat, men (Muso) sizlarning diningizni oʻzgartirib yuborishdan yoki Yer yuzida buzgʻunchilik avj oldirishidan qoʻrqmoqdaman».Фиръавн деди: «Мени қўйинглар, Мусони ўлдирай. (Қани) у Парвардигорига дуо-илтижо қилсин-чи, унга нажот берармикан. Дарҳақиқат, мен (Мусо) сизларнинг динингизни ўзгартириб юборишдан ёки Ер юзида бузғунчилик авж олдиришидан қўрқмоқдаман».

470-sahifa · 24-juz · 47-hizb470-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالَva dediва дедиفِرْعَوْنُFirʼavnФиръавнذَرُونِىٓmeni qoʻyinglarмени қўйингларأَقْتُلْoʻldirayўлдирайمُوسَىٰMusoniМусониوَلْيَدْعُva mayli, duo qilsinва майли, дуо қилсинرَبَّهُۥٓ ۖRobbigaРоббигаإِنِّىٓalbatta, menалбатта, менأَخَافُqoʻrqmoqdamanқўрқмоқдаманأَن-ishidan-ишиданيُبَدِّلَalmashtirishiалмаштиришиدِينَكُمْdiningizniдинингизниأَوْyokiёкиأَن-ishidan-ишиданيُظْهِرَchiqarishiчиқаришиفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuziер юзиٱلْفَسَادَfasodфасод
TafsirТафсир

Firʼavn oʻzi bilan Muso alayhissalom oʻrtasidagi qaramaqarshilikni iymon bilan kufr, haq bilan botil oʻrtasidagi kurash, deb eʼlon qilmadi. U oʻziga oʻxshagan boshqa zolim va mustabid podshohlar singari ish tutdi. Allohning diniga daʼvat qilayotgan Musoni xalqqa buzgʻunchi, odamlarning boshini aylantiruvchi shaxs, deb tanitmoqchi boʻldi. Oʻzini xalqning xaloskori, dinini buzilishdan saqlab qoluvchi, yer yuzida fasod ishlar qilinishiga qarshi turuvchi fidoyi qilib koʻrsatmoqchi boʻldi.

«Firʼavn: «Meni qoʻyinglar, Musoni oʻldiray. Mayli, Robbiga duo qilsin», dedi.

Mantiq bilan muvaffaqiyatga erisha olmagan, Paygʻambarni sehrgar, kazzob, deb ham biror naf topmagan zolim podshoh endi kuch ishlatishga oʻtdi. Tugʻyonga ketgan hukmdor oʻz taxtidan ajrab qolishdan qoʻrqib, har qanday pastkashlikka tayyor ekanini koʻrsatdi. Haq yoʻlga daʼvat qiluvchini oʻldirishda Allohni ham eʼtiborga olmasligini bildirdi. Robbiga duo qilsa, qilaversin, men baribir uni oʻldiraman, dedi. Shu bilan birga, eng qizigʻi, u oʻzini dinni himoya etayotgan qilib koʻrsatdi. Yer yuzida buzuqilik boʻlmasligi uchun kurashyapman, deb iddao qildi.

«Albatta, men uning diningizni almashtirishidan va yer yuzida fasod chiqarishidan qoʻrqmoqdaman», dedi.»

Mantiqni koʻring, oʻzi Allohning diniga qarshi chiqib turibdi-yu, yana dinning himoyasidan gapiradi. Oʻzi yer yuzidagi eng katta fasodni chiqarib, Alloh yuborgan Paygʻambarni oʻldiraman deb turibdi-yu, yer yuzida buzgʻunchilik boʻlmasin uchun harakat qilmoqdaman, deydi. Shunda: