QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят28

وَقَالَ رَجُلٌ مُّؤْمِنٌ مِّنْ ءَالِ فِرْعَوْنَ يَكْتُمُ إِيمَـٰنَهُۥٓ أَتَقْتُلُونَ رَجُلًا أَن يَقُولَ رَبِّىَ ٱللَّهُ وَقَدْ جَآءَكُم بِٱلْبَيِّنَـٰتِ مِن رَّبِّكُمْ ۖ وَإِن يَكُ كَـٰذِبًا فَعَلَيْهِ كَذِبُهُۥ ۖ وَإِن يَكُ صَادِقًا يُصِبْكُم بَعْضُ ٱلَّذِى يَعِدُكُمْ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى مَنْ هُوَ مُسْرِفٌ كَذَّابٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Fir'avn ahlidan bo`lgan, iymonini berkitib yuradigan bir mo`min kishi: «Bir odamni, Alloh Robbimdir, degani uchun o`ldirasizlarmi?! Holbuki, u sizga Robbingizdan ochiq-oydin hujjatlar ila kelmishdir. Agar u yolg`onchi bo`lsa, yolg`oni o`ziga zarar. Agar rostgo`y bo`lsa, unda u va'da qilayotgan ba'zi musiybatlar sizga yetar. Albatta, Alloh isrofchi va kazzob bo`lgan shaxsni hidoyat qilmas.Фиръавн аҳлидан бўлган, иймонини беркитиб юрадиган бир мўмин киши: «Бир одамни, Аллоҳ Роббимдир, дегани учун ўлдирасизларми?! Ҳолбуки, у сизга Роббингиздан очиқ-ойдин ҳужжатлар ила келмишдир. Агар у ёлғончи бўлса, ёлғони ўзига зарар. Агар ростгўй бўлса, унда у ваъда қилаётган баъзи мусийбатлар сизга етар. Албатта, Аллоҳ исрофчи ва каззоб бўлган шахсни ҳидоят қилмас.Alauddin Mansour: (Shunda) Firʼavn xonadonidan boʻlgan, oʻzining iymonini yashirib yuradigan bir moʻmin kishi dedi: «Bir kishini, «Mening Parvardigorim Allohdir», degani uchun oʻldirurmisizlar?! Holbuki, u sizlarga Parvardigoringiz tomonidan aniq hujjatlar keltirgandir. Agar u yolgʻonchi boʻlsa, yolgʻoni oʻz boʻyniga. (Ammo) agar rostgoʻy boʻlsa (u holda) sizlarga u (kofirlar uchun) vaʼda qilayotgan (azoblardan) ayrimlari yetib qoladi-ku! Albatta Alloh haddan oshguvchi, yolgʻonchi kimsalarni hidoyat qilmas.(Шунда) Фиръавн хонадонидан бўлган, ўзининг иймонини яшириб юрадиган бир мўмин киши деди: «Бир кишини, «Менинг Парвардигорим Аллоҳдир», дегани учун ўлдирурмисизлар?! Ҳолбуки, у сизларга Парвардигорингиз томонидан аниқ ҳужжатлар келтиргандир. Агар у ёлғончи бўлса, ёлғони ўз бўйнига. (Аммо) агар ростгўй бўлса (у ҳолда) сизларга у (кофирлар учун) ваъда қилаётган (азоблардан) айримлари етиб қолади-ку! Албатта Аллоҳ ҳаддан ошгувчи, ёлғончи кимсаларни ҳидоят қилмас.

470-sahifa · 24-juz · 47-hizb470-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالَva dediва дедиرَجُلٌۭbir kishiбир кишиمُّؤْمِنٌۭmoʻminмўминمِّنْ-dan-данءَالِahliаҳлиفِرْعَوْنَFirʼavnningФиръавннингيَكْتُمُberkitib yuradiganберкитиб юрадиганإِيمَـٰنَهُۥٓiymoniniиймониниأَتَقْتُلُونَoʻldirasizlarmiўлдирасизлармиرَجُلًاbir odamniбир одамниأَنuchunучунيَقُولَdeganiдеганиرَبِّىَRobbimРоббимٱللَّهُAllohАллоҳوَقَدْholbuki, batahqiqҳолбуки, батаҳқиқجَآءَكُمsizga kelmishdirсизга келмишдирبِٱلْبَيِّنَـٰتِochiq-oydin hujjatlar ilaочиқ-ойдин ҳужжатлар илаمِن-dan-данرَّبِّكُمْ ۖRobbingizРоббингизوَإِنva agarва агарيَكُboʻlsaбўлсаكَـٰذِبًۭاyolgʻonchiёлғончиفَعَلَيْهِbas, oʻzigaбас, ўзигаكَذِبُهُۥ ۖyolgʻoniёлғониوَإِنva agarва агарيَكُboʻlsaбўлсаصَادِقًۭاrostgoʻyростгўйيُصِبْكُمsizga yetadiсизга етадиبَعْضُbaʼziбаъзиٱلَّذِىu narsakiу нарсакиيَعِدُكُمْ ۖsizga vaʼda qilayotganсизга ваъда қилаётганإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳلَاemasэмасيَهْدِىhidoyat qilurҳидоят қилурمَنْkimsaniкимсаниهُوَuуمُسْرِفٌۭisrofchiисрофчиكَذَّابٌۭkazzobказзоб
TafsirТафсир

Firʼavn, oʻzicha, Muso alayhissalomga iymon keltirganlarga zulm oʻtkazib, ularning kuchini qirqish uchun, boshqalarni ham qoʻrqitib, iymon yoʻliga yaqinlashtirmaslik uchun turli makr-hiylalar ishlatib yuraveradi. Ammo, uning makr-hiylasi zalolat boʻlgani uchun, hatto oʻz ahli ichidan ham moʻminlar chiqib qoldi. U koʻpchilik oldida Muso alayhissalom bilan aytishib turganida, u zotni oʻldirishga qaror qilganini bildirganida, iymon taqozosi ila oʻsha moʻmin oʻrtaga tushdi.

«Firʼavn ahlidan boʻlgan, iymonini berkitib yuradigan bir moʻmin kishi» oddiy mantiqni oʻrtaga tashlab, tugʻyonga ketgan zolim podshohga qaratilgan xitobni xuddi koʻpchilikka aytayotgandek qilib soʻz boshladi:

«Bir odamni, Alloh Robbimdir, degani uchun oʻldirasizlarmi?!»–dedi.

Darhaqiqat, Muso alayhissalomning «Alloh Robbimdir» degan soʻzdan boshqa daʼvolari yoʻq edi. Bu degani, Alloh mening yaratguvchim, rizq berguvchim, tadbirimni qilguvchi tarbiyachim, degani edi. Bu eʼtirof oddiy haqiqat edi. Buning yomon joyi yoʻq edi. Buni hamma tan olishi kerak edi. Bu narsa sof qalb va oddiy mantiqning taqozosi edi. Shuning uchun, sof qalb egasi boʻlgan kishi tomonidan bu haqiqat eʼlon etildi.

Ammo bu oddiy gap xalqning boʻyniga minib olgan, xalqqa Allohning emas, oʻz soʻzini majburan oʻtkazayotgan, xalqni boqyapman, ogʻirini yengil qilyapman, degan daʼvo bilan yurgan zolim va mustabid podshoh Firʼavn uchun nihoyatda xatarli edi. Agar Muso alayhissalom aytayotgandek, Alloh Robb boʻlsa, Firʼavn «robb»likdan tushib qolishidan qoʻrqar edi. Shuning uchun, «Alloh Robbimdir» degan shaxsni «Firʼavn Robbimdir» demagani uchun oʻldirishga qasd qildi.

Iymonini berkitib yuradigan moʻmin kishi soʻzida davom etib:

«Holbuki, u sizga Robbingizdan ochiq-oydin hujjatlar ila kelmishdir», dedi.

U oʻz-oʻzidan quruq daʼvo qilayotgani yoʻq. Aytayotgan gaplarining haq ekaniga sizning Robbingiz boʻlmish Allohdan ochiq-oydin hujjatlar olib kelgan. Koʻr-koʻrona hukm chiqaravermasdan, oʻsha ochiq-oydin hujjatlarga boqsangiz boʻlmaydimi?!

Siz nega unga osilib oldingiz? Nima uchun uni yoʻq qilish, oʻldirish payiga tushdingiz?!

«Agar u yolgʻonchi boʻlsa, yolgʻoni oʻziga zarar.»

Siz uni yolgʻonchi, deysiz-u, yana oʻldirishga qasd qilasiz. Agar yolgʻonchi boʻlsa, tek qoʻying, yolgʻoni oʻziga uradi. Siz undan qutulasiz. Bunisi birinchi ehtimol. Endi ikkinchi ehtimol ham bor:

«Agar rostgoʻy boʻlsa, unda u vaʼda qilayotgan baʼzi musiybatlar sizga yetadi».

Siz uni oʻldirib yuborsangiz-u, u rostgoʻy boʻlsa, haqiqiy Paygʻambar boʻlsa, unda Allohning Paygʻambarini oʻldirganlarga vaʼda qilingan baʼzi musiybatlari sizga yetadi. Demak, ikki ehtimolda ham siz foyda topmaysiz. Befoyda ishga urinib nima qilasiz.

«Albatta, Alloh isrofchi va kazzob boʻlgan shaxsni hidoyat qilmas.»

Haqiqiy Paygʻambar boʻlmagan shaxsning basharasi darhol fosh boʻladi. Shuning uchun, uni oʻldirib oʻtirishning hojati yoʻq.

«Ey qavmim, bugungi kunda mulk siznikidir.»

Podshohlik, mulk, davlat sizning qoʻlingizdadir. Oʻz hukmingizni oʻtkazib turibsiz.

«Yer yuzida yuzaga chiqib turibsizlar.»

Boshqalardan ustunsizlar. Gapingiz oʻtib turibdi. Bunga shukr qilmay, «Robbim Allohdir» degan odamni oʻldirmoqchimisiz?! Buning jazosi boʻlib:

«Agar bizga Allohning azobi kelsa, unda bizga kim yordam beradi?!»

Allohning Paygʻambarini oʻldirganingiz uchun, albatta, Allohdan azob keladi. Allohdan kelgan azobni kim qaytara oladi?!

Ish boshqa tomonga burilib ketayotganini koʻrgan Firʼavn darhol gapga aralashdi.

«Firʼavn: «Men sizga oʻzim koʻrayotgan narsadan boshqani koʻrsatmasman va sizlarni toʻgʻri yoʻldan boshqaga yoʻllamasman», dedi.»

Yaʼni, menikidan boshqa fikrni qabul qilishingizga rozi emasman, bilib qoʻying, faqat mengina sizni toʻgʻri yoʻlga boshlayman, dedi.

Bu ham doimo «yagona toʻgʻri qarorni qabul qiladigan» zolim mustabidlarga xos gap.

Iymonini berkitib yuradigan moʻmin kishi Firʼavnning bu gapini eshitib, qavmni rejalashtirilayotgan jinoyatning oqibatidan qattiqroq ogohlantirdi. Ularga oʻtgan ummatlarni ham misol qilib keltirdi.