QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят29

يَـٰقَوْمِ لَكُمُ ٱلْمُلْكُ ٱلْيَوْمَ ظَـٰهِرِينَ فِى ٱلْأَرْضِ فَمَن يَنصُرُنَا مِنۢ بَأْسِ ٱللَّهِ إِن جَآءَنَا ۚ قَالَ فِرْعَوْنُ مَآ أُرِيكُمْ إِلَّا مَآ أَرَىٰ وَمَآ أَهْدِيكُمْ إِلَّا سَبِيلَ ٱلرَّشَادِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey qavmim, bugungi kunda mulk siznikidir. Yer yuzida yuzaga chiqib turibsizlar. Agar bizga Allohning azobi kelsa, unda bizga kim yordam berar?!» – dedi. Fir'avn: «Men sizga o`zim ko`rayotgan narsadan boshqani ko`rsatmasman va sizlarni to`g`ri yo`ldan boshqaga yo`llamasman», dedi.Эй қавмим, бугунги кунда мулк сизникидир. Ер юзида юзага чиқиб турибсизлар. Агар бизга Аллоҳнинг азоби келса, унда бизга ким ёрдам берар?!» – деди. Фиръавн: «Мен сизга ўзим кўраётган нарсадан бошқани кўрсатмасман ва сизларни тўғри йўлдан бошқага йўлламасман», деди.Alauddin Mansour: Ey qavmim, bugun-ku mulku davlat sizlarniki, mana shu yerda gʻolibsizlar. Endi agar bizlarga Allohning azobi kelar boʻlsa, kim bizlarga (undan najot topishimiz uchun) yordam berur?!» Firʼavn aytdi: «Men sizlarga faqat oʻzim raʼy qilayotgan narsani (yaʼni, Musoni oʻldirishning maslahatinigina koʻrsaturman va men sizlarni faqat toʻgʻri yoʻlga yetaklarman».Эй қавмим, бугун-ку мулку давлат сизларники, мана шу ерда ғолибсизлар. Энди агар бизларга Аллоҳнинг азоби келар бўлса, ким бизларга (ундан нажот топишимиз учун) ёрдам берур?!» Фиръавн айтди: «Мен сизларга фақат ўзим раъй қилаётган нарсани (яъни, Мусони ўлдиришнинг маслаҳатинигина кўрсатурман ва мен сизларни фақат тўғри йўлга етакларман».

470-sahifa · 24-juz · 47-hizb470-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰقَوْمِey qavmimэй қавмимلَكُمُsiznikidirсизникидирٱلْمُلْكُmulkмулкٱلْيَوْمَbugungi kundaбугунги кундаظَـٰهِرِينَyuzaga chiqib turibsizlarюзага чиқиб турибсизларفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuziер юзиفَمَنbas, kimбас, кимيَنصُرُنَاbizga yordam beradiбизга ёрдам берадиمِنۢ-dan-данبَأْسِazobазобٱللَّهِAllohningАллоҳнингإِنagarагарجَآءَنَا ۚbizga kelsaбизга келсаقَالَdediдедиفِرْعَوْنُFirʼavnФиръавнمَآemasэмасأُرِيكُمْsizga koʻrsaturmanсизга кўрсатурманإِلَّاmagarмагарمَآnarsaniнарсаниأَرَىٰoʻzim koʻrayotganўзим кўраётганوَمَآva emasва эмасأَهْدِيكُمْsizni yoʻllaymanсизни йўллайманإِلَّاmagarмагарسَبِيلَyoʻlgaйўлгаٱلرَّشَادِtoʻgʻriтўғри
TafsirТафсир

Firʼavn, oʻzicha, Muso alayhissalomga iymon keltirganlarga zulm oʻtkazib, ularning kuchini qirqish uchun, boshqalarni ham qoʻrqitib, iymon yoʻliga yaqinlashtirmaslik uchun turli makr-hiylalar ishlatib yuraveradi. Ammo, uning makr-hiylasi zalolat boʻlgani uchun, hatto oʻz ahli ichidan ham moʻminlar chiqib qoldi. U koʻpchilik oldida Muso alayhissalom bilan aytishib turganida, u zotni oʻldirishga qaror qilganini bildirganida, iymon taqozosi ila oʻsha moʻmin oʻrtaga tushdi.

«Firʼavn ahlidan boʻlgan, iymonini berkitib yuradigan bir moʻmin kishi» oddiy mantiqni oʻrtaga tashlab, tugʻyonga ketgan zolim podshohga qaratilgan xitobni xuddi koʻpchilikka aytayotgandek qilib soʻz boshladi:

«Bir odamni, Alloh Robbimdir, degani uchun oʻldirasizlarmi?!»–dedi.

Darhaqiqat, Muso alayhissalomning «Alloh Robbimdir» degan soʻzdan boshqa daʼvolari yoʻq edi. Bu degani, Alloh mening yaratguvchim, rizq berguvchim, tadbirimni qilguvchi tarbiyachim, degani edi. Bu eʼtirof oddiy haqiqat edi. Buning yomon joyi yoʻq edi. Buni hamma tan olishi kerak edi. Bu narsa sof qalb va oddiy mantiqning taqozosi edi. Shuning uchun, sof qalb egasi boʻlgan kishi tomonidan bu haqiqat eʼlon etildi.

Ammo bu oddiy gap xalqning boʻyniga minib olgan, xalqqa Allohning emas, oʻz soʻzini majburan oʻtkazayotgan, xalqni boqyapman, ogʻirini yengil qilyapman, degan daʼvo bilan yurgan zolim va mustabid podshoh Firʼavn uchun nihoyatda xatarli edi. Agar Muso alayhissalom aytayotgandek, Alloh Robb boʻlsa, Firʼavn «robb»likdan tushib qolishidan qoʻrqar edi. Shuning uchun, «Alloh Robbimdir» degan shaxsni «Firʼavn Robbimdir» demagani uchun oʻldirishga qasd qildi.

Iymonini berkitib yuradigan moʻmin kishi soʻzida davom etib:

«Holbuki, u sizga Robbingizdan ochiq-oydin hujjatlar ila kelmishdir», dedi.

U oʻz-oʻzidan quruq daʼvo qilayotgani yoʻq. Aytayotgan gaplarining haq ekaniga sizning Robbingiz boʻlmish Allohdan ochiq-oydin hujjatlar olib kelgan. Koʻr-koʻrona hukm chiqaravermasdan, oʻsha ochiq-oydin hujjatlarga boqsangiz boʻlmaydimi?!

Siz nega unga osilib oldingiz? Nima uchun uni yoʻq qilish, oʻldirish payiga tushdingiz?!

«Agar u yolgʻonchi boʻlsa, yolgʻoni oʻziga zarar.»

Siz uni yolgʻonchi, deysiz-u, yana oʻldirishga qasd qilasiz. Agar yolgʻonchi boʻlsa, tek qoʻying, yolgʻoni oʻziga uradi. Siz undan qutulasiz. Bunisi birinchi ehtimol. Endi ikkinchi ehtimol ham bor:

«Agar rostgoʻy boʻlsa, unda u vaʼda qilayotgan baʼzi musiybatlar sizga yetadi».

Siz uni oʻldirib yuborsangiz-u, u rostgoʻy boʻlsa, haqiqiy Paygʻambar boʻlsa, unda Allohning Paygʻambarini oʻldirganlarga vaʼda qilingan baʼzi musiybatlari sizga yetadi. Demak, ikki ehtimolda ham siz foyda topmaysiz. Befoyda ishga urinib nima qilasiz.

«Albatta, Alloh isrofchi va kazzob boʻlgan shaxsni hidoyat qilmas.»

Haqiqiy Paygʻambar boʻlmagan shaxsning basharasi darhol fosh boʻladi. Shuning uchun, uni oʻldirib oʻtirishning hojati yoʻq.

«Ey qavmim, bugungi kunda mulk siznikidir.»

Podshohlik, mulk, davlat sizning qoʻlingizdadir. Oʻz hukmingizni oʻtkazib turibsiz.

«Yer yuzida yuzaga chiqib turibsizlar.»

Boshqalardan ustunsizlar. Gapingiz oʻtib turibdi. Bunga shukr qilmay, «Robbim Allohdir» degan odamni oʻldirmoqchimisiz?! Buning jazosi boʻlib:

«Agar bizga Allohning azobi kelsa, unda bizga kim yordam beradi?!»

Allohning Paygʻambarini oʻldirganingiz uchun, albatta, Allohdan azob keladi. Allohdan kelgan azobni kim qaytara oladi?!

Ish boshqa tomonga burilib ketayotganini koʻrgan Firʼavn darhol gapga aralashdi.

«Firʼavn: «Men sizga oʻzim koʻrayotgan narsadan boshqani koʻrsatmasman va sizlarni toʻgʻri yoʻldan boshqaga yoʻllamasman», dedi.»

Yaʼni, menikidan boshqa fikrni qabul qilishingizga rozi emasman, bilib qoʻying, faqat mengina sizni toʻgʻri yoʻlga boshlayman, dedi.

Bu ham doimo «yagona toʻgʻri qarorni qabul qiladigan» zolim mustabidlarga xos gap.

Iymonini berkitib yuradigan moʻmin kishi Firʼavnning bu gapini eshitib, qavmni rejalashtirilayotgan jinoyatning oqibatidan qattiqroq ogohlantirdi. Ularga oʻtgan ummatlarni ham misol qilib keltirdi.