QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят36

وَقَالَ فِرْعَوْنُ يَـٰهَـٰمَـٰنُ ٱبْنِ لِى صَرْحًا لَّعَلِّىٓ أَبْلُغُ ٱلْأَسْبَـٰبَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Fir'avn dedi: «Ey, Homon, menga bir baland qasr bino qil, shoyad, sabablarga yetsam.Фиръавн деди: «Эй, Ҳомон, менга бир баланд қаср бино қил, шояд, сабабларга етсам.Alauddin Mansour: Firʼavn (moʻmin kishidan yuqorida zikr qilingan soʻzlarni eshitgan odamlar Haq yoʻliga yurib ketishlaridan koʻrqib, ularni chalgʻitish uchun oʻz vaziriga qarab) dedi: «Ey Homon, men uchun bir (baland) qasr qurgin, shoyadki, men (u qasrning ustiga chiqib) yoʻllargaФиръавн (мўмин кишидан юқорида зикр қилинган сўзларни эшитган одамлар Ҳақ йўлига юриб кетишларидан кўрқиб, уларни чалғитиш учун ўз вазирига қараб) деди: «Эй Ҳомон, мен учун бир (баланд) қаср қургин, шоядки, мен (у қасрнинг устига чиқиб) йўлларга

471-sahifa · 24-juz · 47-hizb471-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالَva dediва дедиفِرْعَوْنُFirʼavnФиръавнيَـٰهَـٰمَـٰنُey Homonэй Ҳомонٱبْنِbino qilбино қилلِىmengaменгаصَرْحًۭاbir baland qasrбир баланд қасрلَّعَلِّىٓshoyad menшояд менأَبْلُغُyetsamетсамٱلْأَسْبَـٰبَsabablargaсабабларга
TafsirТафсир

Moʻmin kishining gap-soʻzlari qavmga taʼsir qilib, iymonga kelib qolishlaridan Firʼavn qoʻrqdi. Shuning uchun ham, zolim, mustabid podshohlar odaticha, bunday vaqtlarda ishga solinadigan makr-hiylani qoʻllab, bilsa–hazil, bilmasa–chin, qabilida ish koʻrdi. Allohning diniga, daʼvatchisiga qarshi chiqqan boshqa podshohlar kabi, vazirini bu sharmandalikka jalb etdi.

«Firʼavn: «Ey, Homon, menga bir baland qasr bino qil, shoyad, sabablarga yetsam», dedi.

U vaziri Homonni baland qasr qurishga buyurdi. U qasr nima uchun kerak boʻlib qolganini ham aytdi. Ammo bu gapi ham mubham edi. Keyin soʻzida davom etib, bu mubhamlikni oydinlashtirdi:

«Osmonlarning sabablariga yetsam, soʻngra Musoning Ilohiga boqsam».

Yaʼni, osmonlarga chiqadigan sabablarga, yoʻllarga yetishsam-u, chiqib Musoning xudosini koʻrsam.

«Albatta, men uni yolgʻonchi deb, gumon qilmoqdaman.»

Men Musoning Alloh tomonidan yuborilgan Paygʻambar ekaniga ishonmayman, oʻzim osmonga chiqib, uning yolgʻonchi ekanini isbotlamoqchiman, dedi.

Firʼavnning bu gaplari, qaysi tomondan olib qaralganda ham, qavmni aldash, oʻzini oliy maqom qilib koʻrsatish va Allohning dinini inkor etishdan iborat ekani bilinadi. Bu gaplar uning insofga kelib, toʻgʻri yoʻlga tushmasligidan darak berardi.

«Shunday qilib, Firʼavnga uning yomon amali ziynatlandi va u yoʻldan toʻsildi.»

Firʼavnga oʻzining yomon ishlari goʻzal boʻlib koʻrinaverdi. U oʻzining kufrini, gunohini, dinga qarshi qilayotgan ishlarini yaxshi hisoblab yuraverdi.

Va oqibatda, hidoyat yoʻlidan, Allohning yoʻlidan toʻsildi.

«Firʼavnning makr-hiylasi ziyonkorlikdan boshqa narsa emas.»

U, oʻzicha, Allohning daʼvatchisiga, diniga makr-hiyla qilib, boplayapman, deb yuraverdi-yu, aslida, oʻziga ziyon qilganidan bexabar qoldi.

Firʼavnning bu ahmoqona gapidan keyin moʻmin kishi hamma narsani ochiq-oydin aytishga qaror qildi: