QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ghafir surasi · Oyatсураси · Оят37

أَسْبَـٰبَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ فَأَطَّلِعَ إِلَىٰٓ إِلَـٰهِ مُوسَىٰ وَإِنِّى لَأَظُنُّهُۥ كَـٰذِبًا ۚ وَكَذَٰلِكَ زُيِّنَ لِفِرْعَوْنَ سُوٓءُ عَمَلِهِۦ وَصُدَّ عَنِ ٱلسَّبِيلِ ۚ وَمَا كَيْدُ فِرْعَوْنَ إِلَّا فِى تَبَابٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlarning sabablariga yetsam, so`ngra Musoning Ilohiga boqsam. Albatta, men uni yolg`onchi deb, gumon qilmoqdaman». Shunday qilib, Fir'avnga uning yomon amali ziynatlandi va u yo`ldan to`sildi. Fir'avnning makr-hiylasi ziyonkorlikdan boshqa narsa emas.Осмонларнинг сабабларига етсам, сўнгра Мусонинг Илоҳига боқсам. Албатта, мен уни ёлғончи деб, гумон қилмоқдаман». Шундай қилиб, Фиръавнга унинг ёмон амали зийнатланди ва у йўлдан тўсилди. Фиръавннинг макр-ҳийласи зиёнкорликдан бошқа нарса эмас.Alauddin Mansour: — osmonlarning yoʻllariga yetib, Musoning ilohini koʻrsam, darhaqiqat, men uni yolgʻonchi deb gumon qilmoqdaman». Firʼavnga oʻzining yomon amali mana shunday chiroyli koʻrindi va u (toʻgʻri) yoʻldan toʻsildi. Firʼavnning barcha makru-hiylasi albatta nochor-befoydadir.— осмонларнинг йўлларига етиб, Мусонинг илоҳини кўрсам, дарҳақиқат, мен уни ёлғончи деб гумон қилмоқдаман». Фиръавнга ўзининг ёмон амали мана шундай чиройли кўринди ва у (тўғри) йўлдан тўсилди. Фиръавннинг барча макру-ҳийласи албатта ночор-бефойдадир.

471-sahifa · 24-juz · 47-hizb471-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَسْبَـٰبَsabablarigaсабабларигаٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarningосмонларнингفَأَطَّلِعَsoʻngra boqsamсўнгра боқсамإِلَىٰٓ-ga-гаإِلَـٰهِIlohИлоҳمُوسَىٰMusoningМусонингوَإِنِّىva albatta, menва албатта, менلَأَظُنُّهُۥuni gumon qilmoqdamanуни гумон қилмоқдаманكَـٰذِبًۭا ۚyolgʻonchi debёлғончи дебوَكَذَٰلِكَva shunday qilibва шундай қилибزُيِّنَziynatlandiзийнатландиلِفِرْعَوْنَFirʼavngaФиръавнгаسُوٓءُyomonёмонعَمَلِهِۦamaliамалиوَصُدَّva toʻsildiва тўсилдиعَنِ-dan-данٱلسَّبِيلِ ۚyoʻlйўлوَمَاva emasва эмасكَيْدُmakr-hiylasiмакр-ҳийласиفِرْعَوْنَFirʼavnningФиръавннингإِلَّاmagarмагарفِىichidaичидаتَبَابٍۢziyonkorlikзиёнкорлик
TafsirТафсир

Moʻmin kishining gap-soʻzlari qavmga taʼsir qilib, iymonga kelib qolishlaridan Firʼavn qoʻrqdi. Shuning uchun ham, zolim, mustabid podshohlar odaticha, bunday vaqtlarda ishga solinadigan makr-hiylani qoʻllab, bilsa–hazil, bilmasa–chin, qabilida ish koʻrdi. Allohning diniga, daʼvatchisiga qarshi chiqqan boshqa podshohlar kabi, vazirini bu sharmandalikka jalb etdi.

«Firʼavn: «Ey, Homon, menga bir baland qasr bino qil, shoyad, sabablarga yetsam», dedi.

U vaziri Homonni baland qasr qurishga buyurdi. U qasr nima uchun kerak boʻlib qolganini ham aytdi. Ammo bu gapi ham mubham edi. Keyin soʻzida davom etib, bu mubhamlikni oydinlashtirdi:

«Osmonlarning sabablariga yetsam, soʻngra Musoning Ilohiga boqsam».

Yaʼni, osmonlarga chiqadigan sabablarga, yoʻllarga yetishsam-u, chiqib Musoning xudosini koʻrsam.

«Albatta, men uni yolgʻonchi deb, gumon qilmoqdaman.»

Men Musoning Alloh tomonidan yuborilgan Paygʻambar ekaniga ishonmayman, oʻzim osmonga chiqib, uning yolgʻonchi ekanini isbotlamoqchiman, dedi.

Firʼavnning bu gaplari, qaysi tomondan olib qaralganda ham, qavmni aldash, oʻzini oliy maqom qilib koʻrsatish va Allohning dinini inkor etishdan iborat ekani bilinadi. Bu gaplar uning insofga kelib, toʻgʻri yoʻlga tushmasligidan darak berardi.

«Shunday qilib, Firʼavnga uning yomon amali ziynatlandi va u yoʻldan toʻsildi.»

Firʼavnga oʻzining yomon ishlari goʻzal boʻlib koʻrinaverdi. U oʻzining kufrini, gunohini, dinga qarshi qilayotgan ishlarini yaxshi hisoblab yuraverdi.

Va oqibatda, hidoyat yoʻlidan, Allohning yoʻlidan toʻsildi.

«Firʼavnning makr-hiylasi ziyonkorlikdan boshqa narsa emas.»

U, oʻzicha, Allohning daʼvatchisiga, diniga makr-hiyla qilib, boplayapman, deb yuraverdi-yu, aslida, oʻziga ziyon qilganidan bexabar qoldi.

Firʼavnning bu ahmoqona gapidan keyin moʻmin kishi hamma narsani ochiq-oydin aytishga qaror qildi: